alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SADOQAT KUYCHISI» SHIORI OSTIDAGI TANLOVGA MARHAMAT!

15:38 23.02.2022

Tanlov talabalar o‘rtasida shoira Zulfiyaxonim ijodini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlovda institutning barcha fakultet va yo‘nalish talabalari jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etuvchi har bir jamoa tarkibi 6 nafar qizlardan shakllantiriladi.

Tanlov quyidagi to‘rt shart asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Tanishtiruv”. Bu shartda har bir jamoa o‘z fakulteti (yo‘nalishi) tarixini chuqur o‘rganishi va mukammal bilishi hamda o‘zining she’riy, musiqiy, sahna ko‘rinishlari va ko‘rgazmali tarzda taqdimot shaklida namoyish etishlari shart. Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi.

2-shart. “Tezkor savol –javob”.  Bu shartda hakamlar hay’ati tomonidan shoira Zulfiyaxonimning hayoti va ijodidan 5 tadan savol beriladi. Har bir savolga o‘ylash va javob berish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Hamkor tashkilotlar tomonidan tuzilgan savollar majmuasi konvertga solib, muhrlanadi va tanlov jarayonida jamoa sardorlari tomonidan ochiladi.

3-shart. “Mushoira”. Har bir jamoaning bir nafardan ishtirokchisi shoira Zulfiyaxonimning she’rlarini yoddan aytgan holda she’riy bellashadilar. She’rlarni ifodali o‘qigan va oxirida qolgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.

4-shart. “Erkin mavzu”. Ushbu shartda talabalar shoiraning hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari, she’riy va musiqiy chiqishlar bo‘yicha bellashadilar.

Tanlovda g‘olb bo‘lgan jamoalarga institut rektorining I, II va III darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!