alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAMARQANDDA OʻTKAZILAYOTGAN XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARINING ISHTIROKI

22:17 20.05.2022

Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlarni anʼanaviy 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda “Stomatologiyada estetik restavratsiya mahorati” II xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda.

Xalqaro anjuman va olimpiadada Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozogʻiston, Ukraina, Belorussiya, Pokiston, Tojikiston, Qirgʻiziston hamda yurtimizning tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari talabalari va yosh tadqiqotchilari qatori Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda talabalarimiz ishtirok etmoqda.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov onlayn tarzda qatnashdi.

Xalqaro tadbirning asosiy ishi shoʻbalar yiligʻilishida davom etdi. Ularda jamoat salomatligi, tibbiyotda gumanitar fanlar, ichki kasalliklar, kardiologiya, nevrologiya, psixiatriya, sport tibbiyoti va reabilitatsiya; pediatriya; akusherlik, ginekologiya, reproduktiv, eksperimental hamda fundamental kabi yoʻnalishlarning dolzarb masalalariga bagʻishlangan 34 OTM talabalari va yosh olimlarning maʼruzalari tinglandi. Ular orasida institutimiz magistrlari Mehrinoz Komilova “Covid-19ning homiladorlik muddatlariga mos ravishda kechishi va asoratlar rivojlanishining tahlili”, Guliraʼno Haydarova «Techeniye beremennosti u jenщin s gestatsionnыm piyelonefritom», Islombek Bektoshev esa “Arterial gipertoniya kasalligini farmakoterapiyasida taymerli dori qutichasining ahamiyatini baholash” mavzularida maʼruzalar olib borishdi. Quvonarlisi, I.Bektashev va G.Haydarova oʻz yoʻnalishlari boʻyicha 1-oʻrinni egalladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!