alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sarhisob: Andijon davlat tibbiyot instituti 2019 yilda…

08:04 04.01.2020

Har bir yil unutilmas lahzalar bilan inson hayotida o‘ziga xos iz qoldiradi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo! Shuning uchun ham yakunalangan 2019-yil har birimiz uchun samarali, quvonchli, yutuqlarga boy yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, Chunki tinchlik, xotirjamlikning o‘zi katta boylik, ulkan baxt! Mana shunday farovon kunlar sharofati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham 2019 yilda bir qator yutuqlarga erishdi.

Jumladan, ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini oshirish borasida:
Institutda 4 ta fakultet, 56 ta kafedrada 630 nafar professor-o‘qituvchilar  4724 nafar talabaga (shundan 388 nafar magistrant) ta’lim berib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 30.4 % ni tashkil etadi;

2019-2020 o‘quv yilida magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik yo‘nalishlari (Endokrinologiya, Farmakologiya) tashkil etilgan;
talabalar soni  3374 nafardan 4336 nafarga, magistrantlar soni 292 nafardan 388 nafarga oshirildi; 2019-2020 o‘quv yilida 1 kursga 891 nafar talaba qabul qilindi; shundan kvota bo‘yicha 520 nafar, ortirilgan kontrakt, xorijiy fuqarolar va 2-mutaxassislik bo‘yicha 371 nafar talaba qabul qilindi. Joriy yilda institutga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 370 nafar talaba o‘qishini ko‘chirib keldi.


professor-o‘qituvchilar safiga 14 nafar yoshlar jalb etildi. Professor-o‘qituvchilar va yoshlardan xorijda malaka oshirganlar  9 nafar ni tashkil etadi,davolash- profilaktika muassasalarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassilardan 73 nafari o‘quv jarayoniga jalb etilgan;

Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston davlat meditsina universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlikda tashkil etilgan stomatologiya yo‘nalishiga 20 nafar talaba qabul qilindi. Janubiy Koreyaning Tegu universiteti, Andijon mashinasozlik instituti bilan xamkorlikda “Tibbiyot injeneringi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaning 1-bosqichi yakunlandi, 2019-2020 o‘quv yilida 8 nafar talabalar 2-kursni Tegu universitetida davom ettirmoqda;

Rossiya Federatsiyasining N.N.Burdenko nomli milliy tibbiyot neyroxirurgiya markazi bilan Temir yo’l shifoxonasi qoshida qo‘shma o‘quv-amaliy metodik markaz tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda institutda 45 nafar xorijiy fuqarolar taxsil olmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Afg‘oniston, Janubiy Koreya, Hindiston, Bangladaesh va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari xisoblanadi. Institutda zamonaviy o‘qitish usullaridan elektron ta’lim, distansion ta’lim, telemeditsina va simulyasion ta’lim keng joriy etildi va rivojlantirildi.

Barcha ta’lim yo‘nalishlari va kurslari uchun namunaviy fan dasturlari asosida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda  521 ta ishchi o‘quv fan dasturlari hamda o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan; Bakalavriat va magistratura bo‘yicha fanlardan 121 mingta rus va o‘zbek tillarida testlar banki yaratildi. Elektron  adabiyotlar soni –  249 000  nomga etkazildi. O‘quv uslubiy majmualarning elektron shakli SD diskga yozilib ARMga joylashtirilgan.

2019-2020 o‘quv yiliga ADTI klinikasida joylashgan jarroxlik yo‘nalishidagi Umumiy jarroxlik, jarroxlik kasalliklari, fakultet jarroxlik, urologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyrojarroxlik kafedralarida telemeditsina yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar o‘quv auditoriyalarida turib jarroxlik blokida olib borilayotgan jarroxlik muolajalarini kuzatib borishlari hamda jarrox bilan bevosita muloqot qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Institutda mavjud “O‘quv simulyasion markaz”da  anesteziologiya va reanimatsiya, jarroxlik, LOR, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, neonatologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, oftalmologiya, anatomiya, stomatologiya  xonalari talabalarni amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun  yangi robot simulyator va fantomlar bilan jixozlanib, o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.

Institut dunyoning Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Portugaliya, Italiya, Slovakiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 42 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan;

institutda hamkorlik shartnomalar doirasida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion ta’lim o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2019 yilda nufuzli xorijiy OTMlari (Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarroxlik markazi, N.N.Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa) professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion ma’ruza, master klasslar o‘tkazilgan;

Institut professor o‘qituvchilari tomonidan “Oila-maxalla-maktab” dasturi bo‘yicha Marxamat tumanining 47 – IDUM va Andijon tumanining 54, 2 maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan distansion amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalar o‘tkazildi.

2019-2020 o‘quv yilida foydalanish uchun elektron dekanat (elektron jurnal va elektron baxolash) tizimi ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etilgan;
institutning axborot texnologiyalari markazida “Media markaz” tashkil etilgan va markazga o‘quv uslubiy majmualar hamda professor o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan audio hamda videoma’ruzalarning elektron shakli CD, DVD disklarda joylashtirilgan;

bakalavriat yo‘nalishlari (7 ta) va magistratura mutaxassisliklarida (29 ta) o‘qitiladigan  fanlardan 121 mingta rus va o‘zbek tillarida testlar banki yaratilgan va institut axborot texnologiyalari markaziga joylashtirilgan, takomillashtirilgan fan dasturlari asosida extiyojdan kelib chiqib 37 nomdagi o‘quv adabiyotlari (9 ta darslik, 28 ta o‘quv qo‘llanma) yaratildi;

institut Rossiya Federatsiyasining Geotar – Media nashriyoti bilan o‘zaro  hamkorlik bitimi imzolagan va  mazkur bitimga binoan 2018, 2019 yillarda chop etilgan 46 434 748, 80 so‘mlik 121 nomda 142 nusxada rus va ingliz tillarida o‘quv adabiyotlar olib kelingan.
Institut tasarrufidagi Akademik litsey bitituvchilaridan oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 35 % dan 43% oshdi.
 
 Ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini oshirish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
2020-2021 o‘quv yilida magistraturada 3 ta yangi mutaxassislik yo‘nalishlari (gematologiya, nutritsiologiya, dietologiya) tashkil etiladi, talabalar soni   4307 nafardan  4700 nafarga, magistrantlar soni 388 nafardan  450 nafarga oshiriladi;

institutni magistratura bitiruvchilaridan professor-o‘qituvchilar safiga 20 nafar yoshlar jalb etiladi, professor-o‘qituvchilar va yoshlardan xorijda malaka oshirganlar soni  18 nafarga etkaziladi;

davolash profilaktika muassasalarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassilardan o‘quv jarayoniga jalb etiladiganlar soni 90  nafarga etkaziladi, 2020-2021 o‘quv yilidan davolash fakultetida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimida tashkil etiladi.
2020-2021 o‘quv yilida bakalavriaturada Rossiya Federatsiyasi Ural davlat meditsina universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha pediatriya yo‘nalishi, Sankt-Peterburg davlat meditsina universiteti bilan tibbiy profilaktika ishi, biofizika yo‘nalishlari, magistraturada Germaniyaning Rostok universiteti bilan biotexnologiya yo‘nalishi tashkil etiladi.

institutda taxsil oladigan xorijiy fuqarolar soni 100 nafarga etkaziladi. O‘quv uslubiy majmualar o‘zbek, rus va ingliz tillarida 100% elektron shaklga o‘tkaziladi;

2020-2021 o‘quv yilida travmatologiya, bolalar travmatologiyasi, bolalar jarroxligi, akusherlik va ginekologiya kafedralarida telemeditsina yo‘lga qo‘yiladi;
institutda mavjud “O‘quv simulyasion markaz” faoliyati yanada kengaytiriladi, travmatologiya, bollar travmatologiyasi xonalari tashkil etiladi hamda yangi robot simulyator, fantomlar bilan jixozlanadi;
institut nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi, hamkorlik shartnomalar soni 46 taga etkaziladi;

institutda hamkorlik shartnomalar doirasida nufuzli xorijiy OTMlari professor-o‘qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq distansion ma’ruza, master klasslar o‘tkaziladi; 2020-2021 o‘quv yilidan  o‘quv jarayoni 100% elektron dekanat tizimiga o‘tkaziladi; takomillashtirilgan fan dasturlari asosida extiyojdan kelib chiqib 40 nomdagi o‘quv adabiyotlari (12 ta darslik, 28 ta o‘quv qo‘llanma) yaratiladi;

institut ARM fondi Rossiya Federatsiyasining Geotar Media nashriyoti bilan hamkorlik aloqalari asosida yanada boyitiladi;

Akademik litsey bitituvchilarini oliy ta’lim muassasalarini qamrab olishning ko‘rsatkichi 55% ga etkaziladi.
2019-yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida
 Institut professor-o‘qituvchilaridan  38 nafari fan doktorlari, 152 nafari fan nomzodlari. Fan doktorlarining o‘rtacha  yoshi – 64,8 fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi – 53,1 yosh. Ilmiy salohiyat 30,4 % tashkil etadi.


2019 yilda 2 ta doktorlik (DSc) va 11 ta falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalar himoya qilindi, 2020 yilda 5 ta doktorlik (DSc) va 22 ta falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalar ximoya qilininishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Maxkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 20 nafar talabgorlar tayanch doktranturada taxsil olmoqda (birinchi o‘quv yilida -7 nafar, ikkinchi o‘quv yilida -10 nafar, uchunchi o‘quv yilida – 3 nafar).

Mustaqil izlanuvchillik asosida 1-bosqichda – 2 nafar talabgorlar  DSc doktorlik, 10 nafar nafar talabgorlar  PhD dissertatsiyalarni bajarmoqdalar, 2-bosqichda – 1 nafar DSc doktorlik,  4 nafar talabgorlar  PhD dissertatsiyalarni, 3- bosqichda  – 4 nafar talabgorlar  PhD dissertatsiyalarni bajarmoqdalar.

Hisobot yilida institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan 19 ta monografiya, O‘zbekiston ilmiy jurnallarda  173 ta maqola, xorijiy ilmiy jurnallarda 308 ta, xorijda bo‘lib o‘tgan s’yezd, konferensiya to‘plamlarda 123 ta tezislar, Respublikada o‘tkazilgan konferensiya to‘plamlarida 1714 ta maqola va tezislar chop etildi, maxalliy anjuman to‘plamlarda 269 ta tezislar chop etildi, 24 ta patent, 422 ta ratsionalizatorlik takliflari, 429 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlari tayyorlandi, 26 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.




Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovida g‘olib bulgan 1ta fundamental va 1ta amaliy loyixalar institut professor-o‘qituvchilar tomonidan bajarilmoqda.
Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida g‘olib bo‘lgan 70 000 AKSh dollarlik institutlararo (ADTI, Andijon mashinosozlik instituti, Janubiy Koreyaning TEGU universiteti) xalkaro “BIOMYEDICAL ENGINEERING» loyixasi bajarilmoqda. Loyiha asosida 8 nafar magistratura talabalari ADTI va mashinosozlik institutda 1-boskichda taxsil oldilar, 2-ukuv yilida esa ular Janubiy Koreyaning TEGU universitetida o‘qishni davom etmoqdalar.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarnining faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan ta’lim–tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, “Innovatsion g‘oyalar xaftaligi «Innoweek.Uz»  yarmarkasining institut bosqichi 2019 yil 26 mart kuni  o‘tkazildi. “Innovatsion g‘oyalar haftaligi «Innoweek.Uz»  yarmarkasining institut bosqichida aprfessor-o‘qituvchilar 52 ta,  yosh olimlar – 17 ta loyixalar bilan qatnashdilar.

Yarmarka g‘oliblari “Eng yosh ixtirochi”, “Eng faol ayol”, “Eng yahshi innovatsion g‘oya” nominatsiyalarda va professor-o‘qituvchilar va talabalar orasida 1-2-3-darajalik diplomlar va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Institutda 2019 yil davomida – 32 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Ulardan:
Respublika – 9 ta
Xududiy – 18 ta
Institut – 5 ta
Institutda 2019 yil davomida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etgan mutaxasisslar xaqida ma’lumot quyidagicha:

  1. xorijiy olimlar 135 nafar;
  2. respublika olimlari 330 nafar
  3. institut professor-o‘qituvchilari 2500 nafar
  4. magistrlar 380 nafar
  5. klinik ordinatorlar 350 nafar
  6. amaliyot shifokorlari 2500 nafar



Iqtidorli talabalarni qo‘llab – quvvatlash, ijodiy va intellektual saloxiyatini ruyobga chiqarish maqsadida institutda tashkil etilgan “Yosh olimlar Kengashi” ish faoliyatini olib bormoqda. Institut qoshida 50 dan ortiq to‘garaklar mavjud bo‘lib: ulardan 38 tasi fan to‘garaklaridir. Mazkur fan to‘garaklariga 1500 dan ortiq talabalar qamrab olingan. Ulardan 153 nafar iqtidorli talabalar ilmiy – tadqiqot ishlari olib borish uchun ilmiy raxbar va ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. Joriy yilda iqtidorli talabalar tomonidan 155 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi, shulardan xalqaro ilmiy jurnallarda 38 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 121 ta, xalqaro konferensiyalarda 52 ta, Respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda 512 ta, institut miqyosidagi konferensiyalarda – 870 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.


2019 yilda davolash fakultetining 6-bosqich talabalari Olimov Azizbek Alijon o‘g‘li Ibn Sino nomli, Ro‘zimatova Nodirabegim Shuxratillo qizi Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalari sohiblari bo‘ldi. Pediatriya fakultetining 6-bosqich talabasi Muxtarjonova Xusnigul Nodirbek qizi Zulfiya davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi. Davolash fakultetining 6-bosqich talabasi Mamajonova Nodiraxon Zafarovna “O‘zbekiston Respublikasi Vrachlar assotsiatsiyasi” stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
Xalqaro fan olimpiadalarida  44 nafar talabala ishtirok etib I, II, va III faxrli o‘rinlarni egalladilar. 2019 yil 9-26 may kunlari o‘tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasida 19 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etib, davolash fakultetini 6-kurs talabasi G‘anijonov Jamoldin Alijon o‘g‘li 1- o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 2019 yil 22 noyabr kuni “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tgan Respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik anjumanda “Faol ishtirok etganliklari” uchun talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar


Muxtaram prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni doirasida 2019 yil 6 dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda va tibbiy ta’limda innovatsiyalar”  mavzusida o‘tkazilgan yosh olim va iqtidorli talabalarning respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasida: Axmadaliyev Shoxrux – Bolalar reanimatsiyasi va anesteziologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaning 2 – bosqich talabasi – 1 darajali diplom bilan taqdirlandi.


ADTI  professor-o‘qituvchilari,  doktorant va talabalar uchun Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishi uchun  «Maslaxat markazi»ni tashkil etilgan. YElsevier kompaniyasi bilam hamkorlikda elektron ma’lumotlar bazasi resurslaridan foydalanish buyicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi va foydalanuvchilar ushbu yo‘riqnomaga asosan  doimiy ravishda ishlab kelmoqdalar.


 
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida olib borilgan davolash ishlari hususida
DAVOLASH ISHI YO‘NALISHLARI

  1. Kafedralarning davolash va profilaktika ishlaridagi faoliyati;
  2. “Andijon viloyatida 2019 yilda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish
  3. Birlamchi tibbiy sanitariya tizimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish

AMALDAGI PREZIDENT QAROR VA FARMONLARI
PQ 4440 – “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 7 sentyabr.
Vazirlar Maxkamasining 842-son Qarori –  “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 3 oktyabr.
PQ-4063 – “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 18 dekabr.
PF-5629 – “Andijon-farm” erkin iktisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 14 yanvar.
PQ-2857 – “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 29 mart
Aholini to‘liq patronaj tizimi bilan qamrab olish
Institutda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 2019 yil mobaynida viloyatning 17 ta shaxar va tumanlarida amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatib borildi. Joylardagi tibbiy ko‘riklarda institutning etakchi professor-o‘qituvchilari va ADTI klinikasi xodimlaridan tashkil etilgan 12 ta mutaxassisliklardan iborat gurux faoliyat olib borishdi. Yil davomida institut ishchi guruxi tomonidan 64 marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarda 177129 nafar axoli o‘tkazildi.  Tibbiy ko‘riklar davomida aniqlangan davolanishga muxtoj bo‘lgan 158 nafar bemorlar  ADTI klinikasida davolandi. Shuningdek 6 nafar kam ta’minlangan yurak nuqsoni bo‘lgan fuqarolarda barcha ta’minoti bilan operatsiya o‘tkazildi.


Klinik kafedralar etakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyati shaxar va tuman DPMlarida 158 ta ma’ruza, 162 marotaba davra suxbatlari, 17836 nafar bemorlar o‘rtasida suxbatlar, 93 marotaba savol-javob kechalari o‘tkazildi.  Shu jumladan QOPlarda 512 marotaba, maxallalarda 67 marotaba, umumta’lim maktablarida 29 marotaba chiqishlar o‘tkazildi.


Tibbiyot yangiliklari va zamonaviy tekshirish va davolash usullari, xamda standartlarni o‘z vaqtida doimiy etkazib borish va seminarlarlar tashkil etish maqsadida Andijon viloyatining Izboskan, Asaka va Marxamat tumanlari bilan birlamchi bo‘g‘in shifokorlari uchun institut etakchi mutaxassislari tomonidan masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yildi.


Fan-ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida institutning klinik bazalariga qo‘shimcha ravishda talabalar o‘quv mashg‘ulotlarini amaliyot korxonalarida o‘tkazilishini kengaytirish maqsadida Viloyatning 17 ta shaxar va tumanlarida xamda Andijon shaxrining 8 ta OPlarda qo‘shimcha 25 ta o‘quv xonalari tashkil  etildi.


Shuningdek, Andijon viloyatida joylashgan VSSB qarashli 52 ta zamonaviy tibbiy anjomlar, xamda yuqori texnologik tekshirish apparatlariga ega bo‘lgan davlat xususiy sherikchiligidagi DPMlar bilan shartnomalar tuzilib talabalar o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyoti muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.


Yu.Otabekov nomli ADTI klinikasida  2019 yilda  umumiy xisobda 36599 bemorlarga yukori tibbiy yordam ko‘rsatildi, xamda maslaxat poliklinikasida ambulator sharoitda 95047 bemorlar davolandi. Davlat Investitsiya Dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 2-iyun kuni Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoniga asosan klinikaning bloklaridakapital ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Bu majlis bayoniga ko‘ra ADTI klinikasi binolari infrastrukturasi qaytadan ko‘rib chiqilib kapital ta’mirlash ishlari uchun 12,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

  • 2017 yilga 3,5 mlrd so‘m mablag‘ kapital ta’mirlash uchun rejalashtirildi;
  • 2018 yilga 2-blokni kapital ta’mirlash uchun rejalashtirilgan tender summasi 4,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan;
  • 2019 yilga 3-blokni kapital ta’mirlash uchun rejalashtirilgan tender summasi 4,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan



Jumladan 2019 yilda  (GIZ)  Germaniya xalkaro xamkorlik tashkiloti  yordami va ko‘llab quvvatlashi orqali loyixa asosida Sentyabr  oyida Klinikamizni sof tibbiy kislorodga bo‘lgan extiyojini taminlash maaqsadida Atlas cop kompaniyasining kislorod generatori o‘rnatildi va ishga tushirildi

2019 yil Iyun oyida ADTI ning profilaktik tibbiyot mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu konferensiyaga Klinikamizning Germaniya xamkorlik tashkilotining GIZ loyixasi yo‘nalishi bo‘yicha  buyurib laparoskopik xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha «Xirurgik va ginekologik xastaliklarda katta xajmli laparoskopik operatsiyalar” mavzusida 3 kunlik masterklass o‘tkazilib o‘ndan ortiq operatsiyalar amalga oshirildi va 30 dan oshiq bemorlarga konsultativ maslaxatlar amalga oshirildi.
2019 yil Sentyabr  oyida ADTI klinikasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining farmoyishiga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktori professor F.G.Nazirov boshchiligida bir gurux kardioxirurgiya va gepatobiliar xirurgiya bo‘limi mutaxassislari maxorat darslarini olib borib 50-dan ortiq bemorlarga konsultativ yordam ko‘rsatdilar, 6 ta operatsiya bajardilar. Bundan tashqari Farg‘ona vodiysida birinchi marotaba yurak kardioplegiyasini yangi usulini birinchi marotaba klinikamizda qo‘llab amalaiyotga tadbiq etdilar.
2019 yil Oktyabr oyida 3 kun davomida  Respublika perinatal markazi endoskopik ginekologiya bo‘limi boshlig‘i G‘ofurov J.M. va RSHTTYOIM Endoskopik xirurgiya bo‘limi boshlig‘i Xakimov A.  lar ishtirokida Germaniya xamkorlik tashkilotining Ustoz va shogird yo‘nalishidagi tashkil qilingan tadbiri doirasida xam Laparoskopik xirurgiya va ginekologiyadagi laparoskopik yo‘nalishlar bo‘yicha maxorat darslari o‘tkazildi.


MUTAXASSISLIKLAR BO‘YICHA JAMIYATLARNI TASHKIL QILISH ISHLARI

  • Neonatologlar jamiyati dotsent X.A.Xusanova;
  • Akusher-ginekologlar jamiyati professor B.Asranqulova;
  • Psixiatriya jamiyati professor M.L.Agranovskiy
  • Terapevtlar ilmiy jamiyati professor N.S.Mamasoliev
  • Umimiy amaliyot shifokorlar jamiyati professor Z.S. Saloxiddinov
  • Otorinolaringologlar jamiyati professor Q.Q.Qosimov.
  • Oftalmologlar jamiyati professor A.F.Ikromov;
  • Xirurglar jamiyati professor G‘.M.Xadjimatov.
  • Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologlar jamiyati – professor A.A.Gafurov;
  • Nevrologiya jamiyati – SH.O‘.Usmanov;
  • UASHlar jamiyati dotsent G.U.Nazarova

Mutaxasislik jamiyatlarida yil davomida 86 ta yig‘ilishlar o‘tkazildi. 126 ta masala muxokama qilindi.


 
2019-yil davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar quyidagi    yo‘nalishlarda olib borildi:

  • Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining rasmiy hujjatlarini tushuntirish;
  • G‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishda;
  • Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda;
  • Diniy ekstremizm, fundamentalizm va unga qarshi kurash yo‘nalishida;
  • “Axborot va murabbiylik soati”, “Kafedra kuni” mashg‘ulotlari va tadbirlari yo‘nalishida;
  • Jinoyatchilik, huquqbuzarlik va unga qarshi kurash yo‘nalishida;
  • Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash yo‘nalishida;
  • Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida;
  • Murabbiylar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida;
  • Ijarada yashovchi talabalar o‘rtasida ish tashkil etish yo‘nalishida;
  • Jamoat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini bajarish bo‘yicha Harakat dasturi ishlab chiqilib ijrosi ta’minlandi.
Prezident asarlari mazmun va mohiyatini o‘rganish bo‘yicha:
Jami – 85 ta tadbir o‘tkazildi. Ulardagi ishtirokchilarning soni 6580 nafarni tashkil etdi. Prezidentning sohaga oid bir qator farmon va qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlarining mazmun mohiyati professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarga etkazildi.



Talabalarning siyosiy, huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha:
Jami – 77 ta tadbir, davra suxbati va uchrashuvlar o‘tkazildi. Ulardagi ishtirokchilar soni 6160 nafarni tashkil etdi.


G‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirish va diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda havfsizlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik yo‘nalishi bo‘yicha:
Jami – 95 ta davra suxbati va tadbirlar o‘tkazildi. Ulardagi ishtirokchilar soni 7678 nafarni tashkil qildi.


Tarixiy sanalar, milliy bayramlar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlash bo‘yicha:
Jami – 4551 nafar talaba ishtirok etgan, 57 ta uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi.


Talabalarning badiiy-estetik ongini shakllantirish, mumtoz va zamonaviy san’at durdonalari bilan tanishtirish bo‘yicha:
Jami – 75 ta tadbirda 6085 nafar talaba qatnashdi.


Talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha:
Jami – 6156 nafar talabalar ishtirokida 77 ta, tadbir, sport musobaqalari va uchrashuvlar o‘tkazildi.


Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha:
Jami – 76 ta tadbirlar o‘tkazildi. Ularda 6010 nafar talabalar qatnashdilar. O‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi natijasida institutda umuman jinoyat sodir etilmadi.


Murabbiylar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida:
Institutda 2019 yil  davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalar asosida murabbiylar tomonidan 250 ta davra suhbati tashkil etildi.


Mazkur davrda erishilgan yutuqlarimiz raqamlarda quyidagi ko‘rinishda o‘z aksini topdi.
Pediatriya fakulteti 6 kurs talabasi Xusnigul Muxtorjonova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.


1-Umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedrasi mudiri, Z.S.Saloxiddinov “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi bo‘ldi.


Innavatsiya va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.M.Xodjimatov “Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” unvoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.     Onkologiya va tibbiy rodiologiya kafedrasi mudirasi D.Z.Mamarasulova “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti Ilmiy Kengashida “Tibbiy biologiya va gistologiya” kafedrasi professori Akrom Yuldashevich Yuldashevning 75 yillik yubileyi munosabati bilan unga Andijon davlat tibbiyot instituti faxriy professori unvoni topshirildi.


Institut talabalari va shifokor professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan futbol jamoasi 28-30 mart kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi hamda O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha assotsiatsiya kubogi turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.


Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi Dilyorbek O‘ktamov Qirg‘iziston, Qozoqiston Respublikalarida sportning engil atletika turi bo‘yicha o‘tkazilgan bir qator xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib fahrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, Tokio-2020 olimpiadasi uchun muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kiritdi.

“Ulfatlar” QVZ jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik- tanlovining yarim final bosqichida munosib ishtirok etdi.


19-21-noyabr kunlari “I Andijon Talaba yoshlar Xalqaro forumi” bo‘lib o‘tdi.


16-19 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan talabalar teatr studiyalari ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida “Shifokorlar” jamoasi munosib ishtirok etib g‘olib likni qo‘lga kiritdi.


“Andijon polkasi” raqs jamoasi a’zolari soni 20 nafarga etkazildi.
“Shifokorlar ansambli” musiqiy jamoasi shakllantirildi.


Yil davomida yoshlar ittifoqi BT faollari va iqtidorli talabalar tomonidan viloyatimizning chekka, aholi gavjum joylari va tumanlar markazlarida “Salomatlik aksiyalari” o‘tkazilib borildi.


Bundan tashqari 2019 yil davomida institut talabalar turar-joylarida 5 ta tashabbus bo‘yicha “Musiqa va rassomlik”, “Jismoniy tarbiya va fitnes”, “kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish”, “Kutubxona” va xotin qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Mashg‘ulotlar” xonasi “Psixologik markaz” tashkil etilib nizom talablari asosida jihozlandi.
Ushbu maqsadlarda, milliy va zamonaviy musiqa asboblari uchun 6,5 mln., sport inventarlari uchun 7 mln. va boshqa jihozlar uchun 13 mln. 520 ming jami  27 mln. 20 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

Institut axborot resurs markazi va talabalar turar joylarida talaba yoshlar uchun “BOOK KAFE” tashkil etildi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida jami 47 marotaba tadbirlar o‘tkazildi. Shundan, 31 marotaba talabalar tomonidan sahnalashtirilgan teatr spektakllari, 11 marotaba “Quvnoqlar va zukkolar” hamda 5 marotaba ochiq maydondagi musiqiy chiqishlar namoyish etildi.


Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida jami 44 marotaba sport tadbirlari o‘tkazildi. Shundan, ommaviy piyoda yurish tadbiri 16 marotaba, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” aksiyalari 7 marotaba, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida 6 marotaba davra suhbati hamda 15 marotaba mini futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, engil atletika va shahmat – shashka turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.


Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan 21 marotaba tadbirlar tashkil etildi. Institutda bugungi kunda axborot texnologiyalari markazi, axborot resurs markazi hamda maxsus internet tarmoqlariga ulangan zamonaviy lingafon xonalari faoliyat olib bormoqda.


To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida jami 43 marotaba tadbirlar o‘tkazildi. Shundan, 29 marotaba kitoblar yarmarkasi tashkil qilindi. 14 marotaba taniqli shoirlar, yozuvchilar ishtirokida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi. Talabalar va xodimlar uchun “Biblioterapiya” jadvali ishlab chiqilib, institut foyesiga joylashtirildi.


Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan institut rahbar xodimlari bitiruvchi kafedralar mutaxassislari ishtirokida monitoring guruhlari tashkil etilib, ular tomonidan Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyati tuman shaharlaridagi ish beruvchilar bilan jami 17 marotaba ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Natijada bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi 99 % ni tashkil etdi.


Institut xodimlarning farzandlarini sog‘lomlashtirish uchun 46 dona imtiyozli yo‘llanmalar xarid qilindi va buning uchun kasaba uyushmasi mablag‘laridan  20.692.088 so‘m sarflandi. Institut rektorining tashabbusi bilan institut ta’sarrufidagi Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani Shoximardon go‘shasidagi dam olish maskanida institut va klinikaning 550 nafar xodimlari va faxriylari maroqli dam oldilar.


Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarni sog‘lomlashtirish uchun kasaba uyushmasi tomonidan 44 nafariga imtiyozli ravishda sanatoriyalarga yo‘llanmalar berildi, shundan 16 nafari ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan 23.900.800 so‘m, 28 nafariga 10% li kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan  39.550.184 sarflandi.


Yangi yil bayrami munosabati bilan institut xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida jami 1035 nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarga 103 500 000 ming so‘mlik yangi yil sovg‘alari tarqatildi.
Institut moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va rivojlantirish maqsadida
o‘quv binolari, talabalar turar joyi binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli Qaroriga asosan  A.Fitrat ko‘chasi 2-o‘quv-laboratoriya binosida  2019-yil rekonstruksiya qilish  va yangi  400 o‘rinli bino qurilish ishlari belgilangan bo‘lib, 2019-yil aprel oyida tender tanlovlari asosida  “Azimut stroy” MCHJ korxonasi bilan 16 milliard 607 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, qurilish rekonstruksiya ishlari olib borildi.



Institut o‘quv-laboratoriya va talabalar turar joy binolarida 2 954 766 698,00  so‘m hisobida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan bosh  o‘quv binosini joriy ta’mirlash  ishlari, Andijon shaxar Chorguzar 6-manzilda joylagan talabalar oshxonasi, qozonxona, yuvinish xona zamonaviy ko‘rinishga keltirilish, 1- va 2-sonli talabalar turar joy binolari  mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshrildi.



Institutda 2019/2020 o‘quv yillariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Andijon shaxar Chorguzar 6-manzilda joylashgan 3-o‘quv – Eski Akadem litsey – binosi mukammal ta’mirlanib, tom qismi profnastil qoplamasi bilan qoplandi. Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan 1207,16 mln so‘m sarflandi.



Talabalar turar joy xududida talabalar  uchun dam olish maydoni tashkil qilindi, xududlar obodonlashtirildi. Institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan 164,16 mln so‘m sarflandi.



Bundan tashqari institut byudjet mablag‘lari xisobidan 26,3 mln.so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan 414, 0 mln. so‘m  mablag‘ sariflanib ortexnika jixozlari – kompyuter, printer, proektor, rizograf va boshqalar sotib olindi. 26,2 mln.so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan 754,0 mln. so‘m  mablag‘ sariflanib qattiq va yumshoq mebel jixozlari xarid qilindi.



110,0 mln so‘mlik  o‘quv darsliklari, jahon va  o‘zbek adabiyoti kitoblari sotib olindi. Shuningdek 50,0 mln so‘mlik  o‘quv darslik kitoblari  institut tomonidan rizograf apparati yordamida yangi  chiqarildi.



Institut simulyasiya markaziga 675,0 mln so‘mlik simulyasion mulyajlar sotib olindi. Institutning o‘quv binolari xududida  va talabalar turar joylari xududida obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, yil davomida jami 20,1 mln so‘mlik 31458 dona  mavsumiy gul ko‘chatlari va 580,0 ming so‘mlik 50 dona yong‘oq ko‘chatlari ekildi.



Yangi yil barchaga yangi-yangi orzu-umidlar, ulkan-ulkan maqsadlar olib keladi. Kirib kelgan Yangi yilda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi o‘zining  ulkan yutuqlari bilan Vatan taraqqiyotiga yanada munosib xissa qo’shishga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!