alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA SHE’RIYAT KECHАSI BOʼLIB OʼTDI

20:11 16.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shoira Guljamol Аsqarova bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Unda institutimiz rektori M. Madazimov hamda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov ishtirok etib, shoiraning ijodi, uning taʼsirchanligi, badiiy oʼxshatishlarning ohangdorligi xususida oʼz fikr-mulohazalarini bildirib oʼtdilar.

Guljamol Аsqarova ham bugungi kun kitobxoni talabi, kitob madaniyati borasida soʼzlab, sheʼriy namunalaridan oʼqib berdi. Tadbirda ishtirok etgan yosh shoira Nodirabegim Jamilova ham turkiy tilda yozilgan sheʼrlaridan oʼqib berdi. Institutimiz talabalari S. Neʼmatova “Аsrab qol”, O. Qodirova “Taskin”, “M. Yoʼlbarsova “Noma” kabi shoiraning sheʼrlaridan yod oʼqidilar. Tadbir chinakam sheʼriyat kechasiga aylanib ketdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!