alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SHIFOKORLAR” YANA – GʻOLIB!

01:41 05.10.2021

 

Bugun Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida teatr studiyalari festivalining 2-hududiy saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Festivalda Andijon davlat universitetining “Humo” jamoasi “Tikonsiz tipratikon”, Andijon qishloq xoʻjalik va agrotexnologiyalar institutining “Vorislar” jamoasi “Davlat bolalari”, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” jamoasi “Inson qadri” hamda Andijon tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi “Gʻaflat” spektakllarini namoyish etilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi rejissyor Azimaxon Yuldasheva pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Gʻaflat” spektakli ijrosi uchun mutloq gʻolib deb topilib, tanlovning 3-mintaqaviy bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Eslatib oʻtamiz, tanlovning keyingi bosqichi joriy yil 3-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Institutimiz jamoa aʼzolariga navbatdagi bosqichda ham omad tilaymiz!!!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!