alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHOSHILING! YANGI «ZAKOVAT» KARVONI YO’LGA CHIQMOQDA

21:13 01.02.2022

Tez orada institutimiz  talabalaridan tashkil topgan jamoalar o’rtasida ADTI  «Zakovat» ligasi bellashuvlariga start beramiz. Ushbu liga mavsumiy ko’rinishga ega va jamoalar tur baxslarida ishtirok etadilar. Har bir tur yakunida turnir jadvali shakllantiriladi. Liganing yakunida dastlabki 3 ta o’rinni egallagan jamoalar va «Turnirning eng  bilimdon talabasi» nominatsiyasida yuqori uchtalikka  kirgan talabalar  institutimiz rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Ligada ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish tartibi quyidagicha:

 

  1. Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan iborat 6 kishilik jamoa tuzasiz, bunda talabalar turli fakultet, bosqich va guruhlardan iborat bo’lishlari mumkin;

 

  1. Jamoaga nom va logotip topasiz;

 

  1. Jamoangizga 1 ta sardor tayinlaysiz va ushbu sardor @shoxjahon_abduraxmonov ga jamoa haqida ma’lumotlarni yuboradi, ya’ni jamoa nomi, logotipi, jamoa sardori va jamoa a’zolari haqida ma’lumot (familiyasi, ismi va sharifi, fakulteti, guruhi, telefon raqami).

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!