alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SIZNING SHE’RLARINGIZ BARHAYOT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

15:08 18.04.2024

Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston xalq shoiri, Andijon farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Sizning she’rlaringiz barhayot” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, Muhammad Yusufning o‘ziga xos, betakror she’rlari, undagi vatanga muhabbat, sadoqat, insoniylik, tabiatning go‘zal tasviri-yu, ta’riflari haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi dotsenti M.Qo‘ziboyeva tomonidan shoir hayoti va ijodiga oid muhim hamda qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lgan ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.

Talabalar tomonidan shoirning vatanni tarannum etgan, mehr, sadoqat, insoniylik tushunchalari aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!