alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog‘liqni saqlash tizimida shu kunlarda nimalar o‘zgaradi?

16:04 16.07.2020

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher SHODMONOV Prezidentimiz boshchiligida o‘tgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektordan chiqargan xulosalari hamda tizimda yaqin vaqt oralig‘ida amalga oshiriladigan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallangan 14 mingdan ortiq bemorlar ro‘yxatga olingan. Ular orasidan 8 mingdan ortig‘i davolanib chiqqan. Hozirda shifoxonalarimizda 6054 ta bemor davolanmoqda.
Bemorlarning aksariyati Toshkent shahar va Toshkent viloyati aholisi orasidan aniqlangan. Bugungi yig‘ilishda Prezidentimiz koronavirus bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlardagi xato va kamchiliklarni tanqid qilib, ularni bartaraf etish borasida topshiriqlar berdi.
Bu borada tez tibbiy yordam chaqiruvlaridagi kechikishni bartaraf etish uchun endi har bir tez tibbiy yordam stansiyalarida qo‘shimcha yordam brigadalarni tashkil etish va ular avtomobillar, kadrlar bilan ta’minlanadi.
Yana bir muhim masala poliklinikalardagi aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni kuchaytirish uchun qo‘shimcha avtomobillar bilan ta’minlab, uyda davolanayotgan bemorga tez va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ko‘rsatmasi berildi. Bemorlarni davolash tizimiga oliy ta’lim muassasalari va respublika markazlaridagi olimlar va mutaxassislarni jalb etish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari aholi orasida sarosimaga tushish, xavotirlanishni kamaytirish uchun tibbiy yordam Call markazlarini va ulardagi xodimlar sonini ko‘paytirish vazifasi berildi.
Kuni kecha mamlakatimizga Yaponiyada ishlab chiqarilgan 200 mingta AVIGANT dorisi keltirildi. Har bir tumanda maxsus shtab tashkil etilib aholini dori-darmon zaxirasi bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Manba: UzA.uz

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!