alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sog'lom hayot aksiyasi davom etmoqda

16:37 20.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi bugungi kunda Jalaquduq tumani “Boycheki”, “Namuna”, “Olamaydon” mahalla fuqarolar yig‘inlariga qarashli ko‘chalarda sog’lom hayot aksiyasini o’tkazdilar.

Yosh volontyorlar bu gal targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Andijon shahar tez tibbiy yordam bolimi psixonevrologik brigada mudiri N.Nurmatov bilan hamkorlikda amalga oshirdilar. Aksiya davomida ko’ngilli yoshlar fuqarolar bilan dildan suxbatlashib, sog’liklari bo’yicha o’z maslaxatlarini berib, aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlarini o’tkazdilar.

Karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida ham tushuntirildi. Yosh volontyorlar jamoasi MFY faollari bilan o‘zgalar yordamiga muhtoj va nogironligi bor fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishda amaliy yordam berdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasining sog’lom hayot aksiyasi davom etmoqda.

ADTI Yoshlar ittifoqi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!