alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Sportsevar kafedra

08:01 06.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti dermatovenerologiya kafedrasi Prezidentimiz yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarinini mazmunli tashkillashtirish va ularning bilim va salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida ilgari surgan 5 ta muhum tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, jismoniy chiniqtirish maqsadida institut sport zalida  shaxmat, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Har bir musobaqa qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi va barcha ishtirokchilarning faolligida o‘tdi. Sport musobaqasida, albatta, g‘oliblar bo‘ladi. Kafedraning sportsevar g‘olib va sovrindorlari faxriy yorliqlar va homiylar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

Bekmirza Toshpo‘latov,

Dermatovenerologiya kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’uli

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!