alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STАRTАP LOYIHАLАRI TАNLOVIDА ISHTIROK ETING

11:18 29.05.2021

“YOSH OLIM” TАNLOVIGА MАRHАMАT

Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʼlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʼllanilishi, koʼlami va tez oʼsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  1. Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  2. 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni

5 nafardan oshmasligi lozim);

  1. Topshirilgan startap loyiha amalga oshirish summasi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravari (735 mln soʼmdan)dan oshmasligi;
  2. Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʼp muddati bir yilgacha boʼlishi.

Tanlov doirasida Startap loyihalar boʼyicha takliflar joriy yilning 31-may soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quyidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali yuklanishi lozim:

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza (.docx);
  2. Jamoahar bir aʼzosining maʼlumotnoma-obʼyektivkasi (anketa)(.pdf), fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi(.pdf),

3×4 sm oʼlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati (.jpeg);

  1. Startap loyiha maʼlumotnomasi (.pdf);
  2. Startap loyiha biznes rejasi(.pdf);
  3. Startap loyiha taqdimoti. (7 slayddan oshmasligi, startap loyiha mazmuni toʼliq yoritilgani) (.pdf).

Taqdim etilgan ilmiy gʼoya hamda startap loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʼchirmachilikka (plagiat) yoʼl qoʼyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʼyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʼtkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan oʼtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi

va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʼla va oʼz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy gʼoya hamda startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʼliq texnik masalalar boʼyicha: (71) 203-32-23 (230, 233).

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!