Stomatologiya fakulteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 3-iyun kuni viloyat stomatologiya poliklinikasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2019-yil 29-apreldagi 301-T-sonli buyrug‘iga asosan stomatologiya fakulteti 80 nafar bitiruvchi  5-kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi TDSI Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi dotsenti, t.f.d. A.I.Xasanov raisligida o`tdi. Attestatsiya jarayonini Andijon viloyat stomatologiya poliklinikasi bosh shifokori, Andijon viloyati bosh stomatologi R.R.Usmonov, Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi bosh shifokori, Farg‘ona viloyati bosh stomatologi M.M.Ismoilov, stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov hamda mutaxassislar kuzatib bordilar.

Stomatologiya yo`nalishi o`qituvchilari yakuniy davlat attestatsiyasining shaffof va adolatli o`tishini ta`minladilar.

669