alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETI XODIMLARI MAHALLALARDA

17:54 18.12.2021

Viloyatimizning barcha joylarida Yangi yil bayrami tadbirlari keng nishonlanmoqda. “Obod” MFYda bezatilgan bayram archasi atrofida turli koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilmoqda. Stomatologiya fakulteti xodimlari mazkur tadbirlarda ham jonbozlik koʻrsatishmoqda. Quvnoq kuy-qoʻshiqlar barchani davraga chorladi, koʻngillar yayradi. Bundan ayniqsa, bolajonlarning quvonchiga shodlik qoʻshildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Yaxshi” MFYning aholisini qoʻllab-quvvatlash, ularga madaniy xordiq ulashishda Stomatologiya fakulteti xodimlari tashabbusni oʻz qoʻllariga oldilar. Dastavval mahalla raisi va faollari bilan boʻlgan suhbat chogʻida ehtiyojmand, koʻp bolali, nogironligi bor oilalar holidan xabar olish, uyushmagan yoshlarni sport va kasb-hunar toʻgaraklariga jalb etish borasida fikr almashib, hamkorlik oʻrnatish istagi bildirildi.

STOMATOLOGIYA FAKULTETI XODIMLARI MAHALLALARDA

Suhbatdan soʻng, mahalladagi uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ularni sportga jalb etish maqsadida institutda sport musobaqalari tashkil etildi. Voleybol hamda stol tennisi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlarida yoshlar oʻzaro kuch sinashdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!