alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETINING 1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV

19:32 27.09.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, fakultet dekani oʻrinbosari X.Mahmudov va tyutorlar ishtirok etdi.

Dastavval talabalikka qabul qilingan yoshlar qutlanib, ularga institut ichki tartib-qoidalari va kiyinish madaniyati borasida atroflicha tushuntirib oʻtildi. Shundan soʻng talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, faol talabalarni ragʻbatlantirish, imtiyozga ega boʻlganlarga moddiy koʻmak berish, Talabalar turar joyiga belgilangan nizom asosida joylashtirish, ijara xonadonlarida yashaydigan talabalarga ijara shartnomalarini tuzish tartiblari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga rahbarlardan kerakli javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!