alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“STOMATOLOGIYANING ASOSIY MASALALARI” MAVZUSIDA YOSH OLIMLAR O‘QUV-AMALIY SEMINARI O‘TKAZILDI

15:41 18.04.2024

Bugun, 18-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy kengashlar zalida “Stomatologiyaning asosiy masalalari” mavzusida yosh olimlar o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar institutning Stomatologiya fakulteti Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmonini bajarish, institut talabalarining ilmiy salohiyatini oshirish hamda iqtidorli talabalarni tashabbusini qo’llab-quvvatlash, ularni munosib darajada rag’batlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil qilindi.

Unda ma’ruzachilar M.Qodirov “Tish-jag‘ tizimi anomaliyalarini erta tashxislashda webceph.com platformasidan foydalanish”,  J.Abdullayev  “Yangi ish boshlovchilar uchun izolyatsiya masalasi”, M.Valiyev “Kattalashtirish tizimlari va ular nima uchun kerak?”,  A.Dilmurodov “Endodontiyada irrigatsiya va obturatsiya sirlari”, X.Po‘latov “Breketlarni yopishtirishning bilvosita usulidan foydalanish” kabi mavzularda taqdimotlardan foydalangan holda o‘z ma’uzalarini tinglovchilarga yetkazdi. Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!