alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SUNʼIY INTELLEKT” OʻQUV DASTURI LOYIHASI TAKLIFI KIRITILDI

22:12 25.10.2021

“SUNʼIY INTELLEKT” OʻQUV DASTURI LOYIHASI TAKLIFI KIRITILDI

Andijon davlat tibbiyot instituti G.N.Gabrichevkiy nomidagi Moskva ilmiy-epidemiologiya va mikrobiologiya instituti hamkorligida muzokara o’tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori K.Salohiddinov, yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri D.Mirzakarimova, G.N.Gabrichevkiy nomidagi Moskva ilmiy-epidemiologiya va mikrobiologiya institutidan direktorning klinik ishlar boʻyicha oʻrinbosari T.Ruzhentsova, kafedra katta ilmiy xodimi A.Zatavalo ishtirok etdi.

Har ikki oliy taʼlim muassasasi ishtirokchilari yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, mikrobiologiya, immunologiya, labo ratoriya diagnostikasi yoʻnalishlarida oʻzaro tajriba almashishga kelishib oldilar. Shuningdek, klinik ordinatorlar almashinuvi, maʼruzalar tashkil etish, yuqori bosqich talabalari uchun “Sunʼiy intellekt” oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha fikr va takliflar bilan oʻrtoqlashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!