alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAʼLIM MUASSASALARIDA PROKUROR, DEPUTAT, ICHKI ISHLAR XODIMI VA TYUTORLAR UCHRASHUVI

08:33 24.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi rahbari  G. Qosimova, Andijon shahar prokurori yordamchisi F. Mirabdullayev, viloyat IIB xizmat boshligʻi oʻrinbosari, mayor B. Mirzayevalar ishtirokida “Inson qadri uchun” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. Unda Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultet dekanlari oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda soʻz olganlar ayni vaqtda “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan, xalq murojaatlari boʻyicha joylardagi amaliy ishlar, inson maʼnaviyati, badiiy adabiyot, oʻqish orqali  insonni komillikka erishishi, yoshlar tarbiyasida ziyolilarning burchi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdilar.

Shuningdek, tadbirda huquq organlari vakillari tomonidan eng yomon illat- korrupsiya haqida, aholi va yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish va salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib oʻtdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!