alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI

Pakirdinov Alisher Sayfitdinovich

Bo‘lim boshlig‘i

 tel: +998(94) 431-08-80

         e-mail: docalisher75@mail.ru

Bo‘lim bosh mutaxassisi: Axedova Shaxnoza Tursunbayevna

                                         tel: +998(93) 781-78-65

                       e-mail: ashahnozaxon0077@gmail.com

Bo‘lim bosh mutaxassisi:  Abduqodirov Sherzodbek Tahirovich

                                                     tel: +998(95) 025-55-20

            e-mail: sherkindbook@gmail.com

 

Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibidagi Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti, hamda ADTI  rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda ADTI rektoriga hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga taqdim etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– ADTI da kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

– talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini  hamda ularning bilimlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish va tahlil qilish;

-ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan, salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;

-professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

– ADTI ni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

– institutda o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

-malaka talabalari, o‘quv reja va dasturlarining kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

– institut bitiruvchi talabalarining kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

– institutda o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;

– institutga dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;

– ADTI talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;

– ADTI professor-o‘qituvchilarining malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;

-kafedralarda professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

– ADTI axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;

– talafalar mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);

– ADTI da plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);

– ADTI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida maʼlumotlar va takliflar berib borish;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq  boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.

Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari Qozogiston Respublikasida o‘z malakalarini oshirib keldilar.

 

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!