alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TABRIK

23:35 10.07.2023

Qadrli, vatandoshlar!

Andijon davlat tibbiyot institutining yildan yilga nufuzli, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan, dunyo miqyosida yetakchi bo‘lgan klinikalar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Yurtboshimizning 2021-yil iyun oyida viloyatimizga tashrifi davomida Andijon davlat tibbiyot institutining yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosini qurish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari asosida, ayni kunlarda ushbu zamonaviy o‘quv binosi qurib bitkazilish arafasida turibdi.

Shuningdek, Davlatimiz Rahbari 2021-yil sentabr oyida institut klinikasiga tashrif buyurgan chog‘ida Klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma bergan edi. Hozirda ushbu klinikada jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

Biz Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Biz shifokor qolaversa, bo‘lajak shifokorlarning ustozlari sifatida Prezidentimizning sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarida yelkadosh bo‘lamiz.

G‘alaba muborak, janob Prezident!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!