alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA “BALLI QIZLAR” KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI

15:51 21.06.2023

Joriy yilning 20-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida faol talaba-qizlar ishtirokida “Yoshlar oyligi” doirasida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, mantiqiy savol-javoblar, salat tayyorlash va dasturxon bezash mahoratlarini namoyish etish hamda erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlar hay’ati a’zolari: Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, Stomatologiya fakulteti dekan o‘rinbosari X.Mahmudov tomonidan talaba-qizlarning har bir shartdagi ishtiroki 5 ballik tizimda baholandi.

Yakunda, ishtirokchi qizlar:

Mohlaroy Nuriddinova – “Eng sarishta qiz”;

Ro‘zixon Mirodilova – “Eng mohir pazanda”;

Gulnoza Sheraliyeva – “Eng latofatli qiz”;

Omina Mamarayimova – “Eng zukko qiz”;

Oyshagul Bahromova “Eng iste’dodli qiz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Tanlovning mutloq g‘olibi  Hayotxon Obloyorova bo‘ldi.

Ular institut rahbariyati tomonidan amaldagi stipendiyaning bir barobari miqdoridagi vaucherlar bilan rag‘batlantirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!