alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABA-QIZLARNI TURAR JOY BILAN TAʼMINLASH USTUVOR VAZIFAMIZGA AYLANGAN

09:13 24.09.2022

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot institutida 8253 nafar talaba taxsil olayotgan boʻlsa, shulardan 2761 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi. Talabalarni, ayniqsa, talaba-qizlarni turar joy bilan taʼminlash ustuvor vazifaga aylangan.

Bosh vazir tomonidan 2022-yil 20-sentabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ijara xonadonlaridagi sharoiti ogʻir boʻlgan qizlarni Talabalar turar joyiga koʻchirish borasida bergan topshiriq va vazifasidan kelib chiqqan holda, institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Mazkur topshiriqlar ijrosi boʻyicha iishchi guruh tomonidan aniqlangan 13 nafar qiz institut Talabalar turar joyiga koʻchirildi. Bu borada ham ishlar samarali tashkil etilgan boʻlib, biror bir qizning sharoiti eʼtibordan chetda qolmayapti. Shuningdek, boshqa qizlarning xujjatlari ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilib, ular ham bosqichma-bosqich turar joy bilan taʼminlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, talabalarni turar joy bilan taʼminlashdagi meʼzonlar asosida barcha talabalar, xususan, 1-bosqich talabalari, uzoq viloyatlardan kelib oʻqiyotgan qizlar birinchi galda institut Talabalar turar joyiga joylashtirilmoqda. 1054 oʻringa moʻljallangan mazkur yotoqxonada 538 nafar qizlar istiqomat qilmoqda. Bu yerda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shinam yotoqxonalar, sport va hunar toʻgaraklari, oshxona, “Besh tashabbus” xonalari, kutubxonalar doimo faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, turar joyga ehtiyojmand 2761 nafar qizlar xususiy yotoqxonalarga va institutga yaqin boʻlgan xududlardagi ijara xonadonlariga joylashtirilgan. “Chempion bolajon” nodavlat taʼlim muassasasi hamda “Al-saida” xususiy yotoqxonalarda ham qizlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bu yerda ham hunar va sport toʻgaraklari muntazam ishlab kelmoqda. Qolaversa, ijara xonadonlarida ham qizlar uchun uy egalari tomonidan imkoniyatlar yaratib berilgan. Qizlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida har bir turar joylarga tyutorlardan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan boʻlib, ular qizlarning holidan xabar olib turishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli Qaroriga muvofiq xonadon egasi bilan shartnoma tuzilib, shartnomaning 50%i institut tomonidan qoplab berilmoqda. Hozirda 150 nafardan ziyod qizlarning shartnomalari asosida ishlar olib borilmoqda, qolgan xujjatlar ham ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!