alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar bilan ochiq muloqoti

15:51 08.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov institutning Davolash fakultetida tahsil olayotgan 1-kus talabalri bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Institutning 1- va 2-ma’ruzalar zallarida o‘tgan ochiq muloqotda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov, dekan o‘rinbosari J.Ahmadaliyevlar ishtirok etishdi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori Mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning 27-dekabr kuni faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritdi. Jumladan, yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarni o‘ylantirayotgan masalalarni echimini topishga yordamlashish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilashga e’tibor berish masalalari xususida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida rektor talabalarning malakali mutaxassislar  bo‘lib kamolga etishilari uchun institutda barcha shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidlar ekan, Institutning smulatsion markazi, markaz yordamida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, baholash tizim haqida batafsil to‘htalib o‘tdi. Shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashish zarurligini ta’kidladi.
Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi va yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi. Institut talabalarining xalqaro olimpiadalardagi yutuqvlarini faxr bilan e’tirof etdi.

Rektor talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari, har bir talaba institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi zarurligini aytib o‘tdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!