alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDA BUXOROCHA QOʻSHIQ VA RAQSLAR

21:54 28.09.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro va Andijon xududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda lektoriy konsert tashkil etildi.

Talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, dunyoqarashini oshirishga qaratilgan mazkur konsert dasturida institut rahbarlari va talabalar ishtirok etdi.

Buxoro sanʼati va madaniyati kunlari targʻibot dasturi davomida Buxoroning milliy qoʻshiq va raqslari, madaniyati taqdim etildi. Buxoro anʼanaviy turkum qoʻshiqlari oʻzining shoʻxchanligi bilan barchaga oʻzgacha zavq baxsh etdi. Mahoratli raqqosalarning sanʼatlariga oshufta boʻlganlar va birga raqsga tushganlar ham boʻldi.

Oʻtkazilayotgan bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar talabalarning boʻsh vaqtlariga mazmun bagʻishlabgina qolmay, milliy adabiyotimiz va sanʼatimizga boʻlgan qiziqishlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!