alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR TURAR JOYIDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

22:21 07.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashdi.

Institut rektori dastavval talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Shundan soʻng institut ichki tartib-qoidalari, kiynish odobi, Talabalar turar joyidagi imkoniyatlar borasida alohida taʼkidlab oʻtdi.

Suhbat davomida respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok etish, taʼlim muassasasi va turar joylarda texnika va yongʻin xavfsizligiga rioya qilish, is gazidan ehtiyot boʻlish, xonadan chiqayotganda elektr tarmoqlarini uzib qoʻyish, yongʻin xavfi sezilganda mutaxassislarga murojaat qilish boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, talabalarga huquqbuzarlik va jinoyatchilik, korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda boʻlish, darsdan boʻsh vaqtlarda tashkil etilgan fan, sport, hunar toʻgaraklarida ishtirok etishlari borasida taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir soʻnggida yoshlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi va ularni qiynab turgan muammolarni oʻrnida bartaraf etish yuzasidan mutassaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!