Talabalar uchun stipendiyalar va qo’llab-quvvatlash choralari – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalar uchun stipendiyalar va qo’llab-quvvatlash choralari

BITIRUVCHILARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT

       2021 yil noyabr oyida Andijon viloyati Marhamat tuman  sog‘liqni saqlash boshqarmasi bitiruvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va bartaraf etishga  qaratilgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha Institut professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan gurux ishtirokidagi ko‘shma yig‘ilishlar o‘tkazildi.

2022 yil 1-fevral kuni Namangan va Farg‘ona  viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish Andijon viloyati televideniyasida ko‘rsatildi.

2022 yil 18-mart kuni Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, 2022 yil 1-fevral kuni Namangan viloyati  va Farg‘ona  viloyati sog‘liqni saqlash  boshqarmalari bilan tasarufidagi korxonalar bilan birgalikda bitiruvchilar o‘rtasida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Hokim va talabalar” hamda “Rektor va talabalar” uchrashuvlari o‘tkazildi.

SHu bilan birga, institutda 2022-2023 o‘quv yili davomida 3 marotaba mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, 1258 ming nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi hamda 108 nafar talabalarning muammolari xal etildi.

2022 yil 21 oktyabr  kuni Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, uning o‘rinbosari M.O‘lmasov hamda Karera markazi rahbari A.Soliev Namangan viloyatining shahar va tuman tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tayotgan hamda bandligi ta’minlangan  talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq bitiruvchi bosqich talabalari oilaviy poliklinikalarda ish bilan ta’minlanishi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Uchrashuvda ishtirok etgan 20 nafar talabalarga ish jarayonlarini boshlash, xujjatlarni yuritish tartiblari, bemorlarga to‘gʻri tashxis qo‘yish haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

2022 yil 22 oktyabr kuni Andijon viloyati hokimligi va viloyat prokurori tashabbusi bilan Andijon viloyati mehnat boshqarmasi hamda Andijon shahar mehnat bandligiga ko‘maklashish  bo‘limi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 300 dan ortiq tashkilot va muassasalar o‘zlarining 3000 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. YArmarka davomida 70 nafar fuqorolarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

SHuningdek, yarmarkada Andijon davlat tibbiyot institutining Karera markazi bo‘limi va Kadrlar bo‘limi xodimlari ham  200 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan hamda institutda taxsil olayotgan  talabalar ham qatnashishdi.

2022 yil 26 oktyabr kuni Pediatriya fakulteti dekani A.G‘ofurov, uning o‘rinbosari K.Yulchiev, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi U.Dadajonov hamda Karera markazi rahbari A.Soliev Farg‘ona viloyatining shahar va tuman tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq bitiruvchi bosqich talabalari oilaviy poliklinikalarda ish bilan ta’minlanishi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Uchrashuvda ishtirok etgan talabalarga ish jarayonlarini boshlash, xujjatlarni yuritish tartiblari, bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

Andijon davlat tibbiyot isntitutida 4ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib  ular 1554-sig‘imga ega. Ulardan 3 ta 1054 sig‘imli institut talabalar turar joyi va 1 ta 500 o‘rinli  Davlat xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar joyi.

ANDIJONDA O‘TKAZILGAN PRESS-TURDA VILOYATDAGI OTMlarning TALABALAR TURAR JOYLARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!