alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR UCHUN TARG’IBOT TADBIRI TASHKIL QILINDI

22:29 25.01.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari  Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga marhamat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda mehmonlar Harbiy tibbiyot akademiyasi boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari  A.Bekenov, Andijon shahar Mudofaa ishlari bo‘limi mutaxassisi M.Qoraboyev, Harbiy internatura tinglovchisi  F.Niyozov hamda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, dekan o’rinbosarlari hamda Karyera markazi bo‘limi boshlig’i A.Soliyev va Davolash fakulteti 5-bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Dastlab, tadbir qatnashchilariga Harbiy tibbiyot akademiyasi haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.Shundan so’ng, so’z olgan mehmonlar Harbiy tibbiyot akademiyasi haqida maʼlumotlarni taqdimot ko‘rinishida tadbir qatnashchilariga yetkazdi. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar, Akademiyada tahsil oluvchi kursantlar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Yig‘ilish yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi hamda mazkur akademiyada o‘qish istagini bildirgan talabalardan arizalar qabul qilindi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!