alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARGA QULAY SHAROIT YARATISH BOSH MAQSADIMIZ

14:06 29.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida fakultetlar dekan o’rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov olib bordi.

 

Unda dastlab, talabalar bilan ishlash, darslardagi faolliklarini oshirish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish, bo’sh vaqtlarida fan, sport va san’at to’garaklarida qatnashishlarini nazorat qilish, talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olish kabi masalalar aytib o’tildi. Shuningdek, talabalar uchun  yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, internet tarmog’idan oqilona foydalanish to’g’risidagi tadbirlarni tashkil etish haqida tafsiyalar berildi.

Tadbir yakunida tyutorlar talabalar o’rtasida uchrab turgan muammolarni o’rtaga tashladilar. Mazkur muammolarni hal etish yuzasidan institut rektori tegishli xodimlarga topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!