Talabalarimiz bosh shifokor lavozimida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon viloyat hokimining tashabbusi bilan «Kelajak bugundan boshlanadi, biz yoshlarimizga ishonamiz!» shiori ostida amalga oshirilgan «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi juda ko‘p iqtidorli, salohiyatili yoshlarni kashf etdi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zahira kadrlarni tayyorlash maqsadida  hokimlik soati-selektor yig‘ilishida «Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi ikkinchi bosqichiga start berildi. Viloyatimizdagi tibbiyot sohasiga rahbarlik qilayotgan shifokorlarning o‘rniga tibbiyot institutida tahsil olayotgan lider yoshlardan vakillar biriktirildi.

Jumladan, Andijon Davlat tibbiyot instituti tibbiy profilaktika 3-kurs talabasi Muhammadyusuf  Yusupov viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrach lavozimiga 10 kun muddatga tayinlandi. Yusupov Muxammadyusuf  Bosh vrach vazifasini bajarishga kirishdan avval Markaz bosh vrach o‘rinbosarlari, bo‘lim va laboratoriya mudirlari ishtirokida birinchi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Markaz bosh vrachining birinchi o‘rinbosari A.Yulbarsov viloyat markazini tarkibidagi bo‘limlarni funksional vazifalari, bo‘lim boshliqlari bilan tanishtirdi, xamda Markaz tomonidan hozirgi kunda epidemioilgik vaziyat yuzasidan tashkil qilinayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida bayon qildi, bir oylik qilingan ishlarga to‘htalib o‘tdi.

Shundan so‘ng bosh vrachni umumiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.To‘htashevga so‘z berildi, ma’sul o‘zini ish vazifalarini va nazorati ostida bo‘lgan bo‘lim va laboratoriyalarni funksional vazifalariga to‘htalib, laboratoriyalar mudirlari bilan yosh bosh vrachni tanishtirdi.

Yig‘ilishdan so‘ng viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Andijon Davlat tibbiyot instituti tibbiy profilaktika 3-kurs talabasi Muhammadyusuf Yusupov joylardagi sanitariya-epidemiologik holat bilan tanishdi.

Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi muassasalarida Andijon davlat tibbiyot instituti pediatiriya fakulteti talabalari ish olib borishmoqda.

Ish jarayonida talaba-bosh shifokorlarimiz o‘z bilim va kasbiy mahoratlarini ko‘rsatishmoqda.

Bosh shifokorlari lavozimidagi talabalarimizga el salomatligi saqlash yo‘lidagi ishlariga katta omad tilaymiz.

Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

141