Talabalarimizga omad tilaymiz!

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Xabaringiz bor viloyatimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm yaratish maqsadida “Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Tibbiyot sohasiga rahbarlik qilayotgan shifokorlarning o‘rniga biriktirilgan tibbiyot institutida tahsil olayotgan lider yosh rahbarlar boshlang‘ich ish-rejalari hamda xizmat mashinalari bilan ta’minlandilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ular viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimliklari tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Andijon davlat tibbiyot  instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Jalaquduq tumanida ish olib borayotgan talabalar uyushtirgan tadbirda viloyat SSB boshlig‘i A.Abduraxmonov va Jalaqudiq tumani hokimi F.G‘.Buzrukovlar ishtirok etib yosh rahbarlarning ishlariga omad tiladilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Loyihada ishtirok etayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakultetining bitiruvchi 150 dan ziyod talabalari viloyatimizdagi turli tibbiyot shahobchalarida ko‘tarinki kayfiyatda ish olib bormoqdalar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Jumladan, Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  Andijon davlat tibbiyot instituti 6-kurs talabasi Asadillo Abdunabiev, Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Jamshidbek Hamdamovlarning ish faoliyatidan jamoalar xursand.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

1-Shahar tug‘ruqxonasida 10 kunlik bosh shifokor vazifaasini bajaruvchi Ulug‘bek Ahmadjonov bo‘lim hamshirasi va bo‘lim mudiri bilan birgalida bemorlarni ko’rikdan  o‘tkazdi

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon viloyat kon quyish stansiyasida «Ezgulik albatta qaytadi» shiori ostida yoshlar ittifoki bilan xamkorlikda yoshlarda bag‘rikenglik va oliyjanoblik tuyg‘ularini shakllantirish maksadida donorlik aksiyasi tashkil etildi. Bu aksiyada shahar, tuman yoshlar ittifoki vakillari, milliy gvardiya, harbiy qism xizmatchilari, oliygox talabalaridan iborat 80 nafar mehri daryo insonlar donorlikka qon topshirib bemorlar hayotini saqlashda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetidan Xondamir Ismatulayev Andijon viloyat ona va bola skrining markazi bosh shifokori, Zohidxo‘ja Mahkamov Qo‘rg‘ontepa tumani DSENM bosh vrachi, Qudratjon Xusanboyzoda Xo‘jaobod tuman DSENM bosh vrachi lavozimlarida ish olib borishmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Talabalarimiz tomonidan tibbiyot muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tibbiy xodimlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun ertalabki banadtarbiya mashg‘ulotlari, mini futbol, valeybol, basketbol, tennis, engil atletika va shahmat – shashka turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shuningdek adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Talabalarimizga o‘zlarining imkoniyatlaridan qisqa muddatda etarlicha tajriba oshirib, zimmalaridagi mas’uliyatli vazifalarni a’lo darajada bajarishlarida omad tilaymiz!

Ulug‘bek Karimov,

ADTI davolash fakulteti yoshlar

bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

112