alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Talabalikka imtiyoz bilan

09:47 14.10.2020

Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, alohida e’tibor, g‘amxo‘rlik bilan juda ko‘p yoshlar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilindilar.
2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon davlat tibbiyot institutiga bakalavriyat yo‘nalishiga jami 835 nafar talaba qabul qilindi. Shulardan 130 nafar talaba davlatimiz tomonidan berigan turli yo‘nalishlardagi imtiyozlar asosida qabul qilindilar. Bular qatorida 35 nafar talaba harbiy qismlardan berigan imtiyozlar asosida, nogironligi bo‘lgan talabalar 14 nafar, 16 nafar harbiy xizmatchilarnig farzandlari,  10 nafar Ichki Ishlar vazirligi xodimlarining farzandlari,  29 nafar So’x tumani fuqarolari ham imtiyozlar asosida Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishdi. Harbiy imtiyoz bilan qabul qilinganlardan 18 nafari to‘lov-shartnoma asosida, qolgan barcha imtiyozga ega talabalar davlat granti asosida ta’lim olishadi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 4 foizlik qo‘shimcha imtiyoz asosida qabul qilinuvchilar toifasiga mahalla tomonidan kam ta’minlangan deb topilgan oilalar farzandi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, otasi yoki onasidan yetim qolgan shaxslar kabi 6 ta yo‘nalishdagi fuqarolar kiritilishi rejalashtirilgan. Mazkur imtiyoz asosida institutiga 26 nafar qiz o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.
Prezidentimiz taklifi asosida xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish tartibiga muvofiq talaba bo‘lish baxti nasib etgan qizlardan biri – Andijon shahri Shahidtepa mahallasi, 11-uyda yashovchi Muattarxon G‘ulomovani qutlash uchun institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.v.b M.Qo‘ziboyeva  va institut psixologi O‘.Arziqulovlar ularning uyiga tashrif buyurdilar.

– Bunday baxtli lahzalar uchun davlatimizga minnatdorlik bildiramiz, – deydi institut jamoasini kutib olgan Muattarxonning onasi Garharoy ko‘larida quvonch yoshlari bilan. – Imtihonlar ochiq, adolatli o‘tib, qizimning davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingani oilamiz uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Institut jamoasining uyimizga kelib, farzandlarimni qutlaganidan quvonchimizga quvonch qo‘shildi. Bu ishonchdan qizim albatta, a’lo baholarga o‘qib, kelajakda yurtimizga munosib kadrlar bo‘ladi.

Oilasiga cheksiz quvonch olib kirgan Muattarxon endi Andijon davlat tibbiyot institutning davolash fakulteti 1-kursi talabasi
Izboskan tumani, Yakkatut qishlog‘i, “Yangi avlod” mahallasida yashovchi Zebinoso Rustamova esa mana shu imtiyoz asosida institutning pediatriya fakulteti talabasi bo‘ldi.
– Yoshligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilar edim. 2015 yilda onam vafot etganlaridan keyin men faqat mana shu orzuimni amalga oshirish maqsadida bo‘lib qoldim, – deydi Zebiniso biz bilan suhbatda.

– Tumanimizdagi 8-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatini a’lo baholarga tamomladim va mahallamiz faollari tomonidan xotin-qizlar uchun ta’sis etigan 4 foyizli imtiyozga tavsiya etildim.  Men Prezidentimizning tashabbuslari bilan ta’sis etigan imtiyoz asosida eng nufuzli institutning talabasi bo‘lganligidan juda xursandman. Oila a’zolarim – buvim, bobomning, Prezidentimizning ishonchini oqlab kelajakda xalqimiz uchun sidqidil bilan xizmat qilaman. Barchaga chuqur minnadorlchiligimni bildiraman.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi imtiyoz asosida talaba bo‘ligan qizlarga esdalik sovg‘alarini topshirib, o‘qish va kelgusidagi ishlariga omad tiladi.
Davlat granti asosida talaba bo‘lgan barcha talabalar zamonaviy sharoitlarga ega Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qib, yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!