Andijon shahridagi Eko parkda talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tadbir oʻtkazildi.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 3 mingdan ziyod talabalari ishtirok etdilar. Viloyatimizning taniqli sanʼatkorlari qatorida institutimizning “Yosh gitarchilar” jamoasi oʻzlarining shoʻx kuy-qoʻshiqlari bilan tadbirga fayz kiritdilar.
Vatan, yoshlik, muhabbat kabi tuygʻular mujassam boʻlgan taronalarni baralla kuylagan yoshlar talabalikning oltin lahzalarini xushnudlik bilan oʻtkazdilar.