Ta’lim va fan yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 4-aprel kuni ADTIga  bir guruh  xorijlik mutaxassislar tashrif buyurdilar. Ular asli hindistonlik bo‘lib, hozirgi kunda  Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida  nodavlat ta’lim almashinuvi  xizmatlarini tashkil etuvchi firma rahbarlari va yetakchi mutaxassislari  Sharma Ishvari Narayan (MDS IMPEX  LLC.)   BIShKEK, Naresh Gaai ( Doktor  TIME), Vxurenka Kumar Magiarde ( Medikal ASKOAB) lardir. Ular Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib, ta’lim almashinuvi  maqsadlarida muzokaralar olib bordilar.

Mutaxassislarni  ADTIda  institut rektori M.Madazimov, xalqaro hamkorlik  bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov,  Jarrohlik va urologiya kafedrasi assistenti M.Shadmonovlar kutib oldilar. Mehmonlar dastlab institut xalqaro hamkorlik bo‘limida o‘zaro tanishuv va institut to‘g‘risida  suhbat jarayonida bo‘ldilar.     Unda ADTI rektori M.Madazimov va xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari K.Salohiddinovlar institut haqida, ilmiy, o‘quv-uslubiy jarayon, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va o‘qitish muddatlari, ta’lim sifati va kadrlar salohiyatiga e’tibor, shuningdek, xorijiy talabalarga yaratib beriladigan shart-sharoitlar xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Mehmonlar ham o‘z navbatida  mazkur firmalari orqali amalga oshirilayotgan xizmatlar,  talabalar va ularning ota-onalariga qo‘yiladigan talablar, talabalar tanlab olish va  ta’lim jarayonini qonuniy yo‘lga qo‘yish kabi masalalar xususida   kelishib oldilar.

Endilikda Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan ham  ADTIga talabalar kelib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zaro kelishuvlardan so‘ng, mehmonlar institut simulyatsion markazi, axborot texnologiyalari markazi va klinika bo‘limlarida bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

214