alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TA’LIMDAGI TA’MAGIRLIK” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

15:38 09.06.2021

“TA’LIMDAGI TA’MAGIRLIK” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi. Korrupsiya botqogʻiga botganlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurashda samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida “Ta’limdagi ta’magirlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O’quv ishlari bo‘yicha prorektor B. Abdullajonv institutimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar, amaliy tadbirlar borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Ta’limdagi ta’magirlik” videorolik mavzuni yanada ochib berishga xizmat qildi. Andijon viloyati Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Habibullo Avazov korrupsiya sabablari va oqibatlari, bu jinoyatga aralashgan har bir shaxs qonun oldida javob berishi muqarrar ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar mutaxassislardan savollarga kerakli javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!