Kafedra mudiri
Nadjmitdinov Otabek Bahritdin o’g’li, tibbiyor fanlari bo’yicha falsafa dokori PhD.
Joylashgan bazasi: ADTI klinikasi, ADTI maslahat poliklinikasi, Andijon viloyati ona va bola skrining markazi, “Sehat” h/k., “Diyor” h/k., “Doppler med servis”, “Implus” “Gepamed” h/k., “Akmal Farm” hususiy klinikalari.
TIBBIY RADIOLOGIYA VA KLINIK LABARATOR DIAGNOSTIKA KAFEDRASI
2016 YILI TASHKIL ETILGAN
O’zbekiston Respublikasi 1chi Prezidenti I.A. Karimovning 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish” haqidagi Farmoni asosida tibbiyot tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Islohotlar natijasida yangi soha, yangi yo’nalishlar bo’yicha mutaxasislar tayyorlash joriy etildi.
Institut rektorati va o’sha davrdagi VMOF dekani Nazarova Gulchehra Usmonovna tashabbusi bilan 2016 yili dastlab tibbiy radiologiya, funksional va laborator diagnostika kafedrasi UASH MO va QT kafedrasi qoshida kurs sifatida tashkil etildi. 2016 yil sentyabr oyidan tibbiy radiologiya, funksional va laborator diagnostika kafedrasi alohida kafedra sifatida ish faoliyatini boshladi. Kafedraning dastlabki mudiri sifatida tibbiyot fanlari nomzodi Sobirov Akrom Akbaralievich tayinlandi. Yangi ochilgan kafedraning ish faoliyatini tashkillashtirish, oliy ta’lim va sog’liqni saqlash tizimidagi davlat nizomlarining barcha talablariga to’laqonli javob berishida VMOF sobiq dekani Nazarova Gulchehra Usmonovnaning xizmatlari beqiyos bo’ldi. Bu kafedra Farg’ona vodiysidagi ultratovush tekshiruv, rentgenologiya va laborator diagnostika yo’nalishi bo’yicha ixtisoslashtirish va malaka oshirish kursida o’qimoqchi bo’lgan shifokorlar uchun o’quv – uslubiy va ilmiy – amaliy malaka oshirish markazi maqomiga ega bo’ldi. Tibbiy radiologiya, funksional va laborator diagnostika kafedrasida multimediali ma’ruzalar zali, o’quv xonasidan tashqari bemorlar bilan ishlash maqsadida zamonaviy jihozlangan ul’tratovush tekshiruv, rentgen tekshiruv xonalari, laborator taxlillar bilan ishlash xonalari mavjud.
Kafedra tashkil qilinishida ADTI klinikasi o’quv markazlari asos bo’ldi.
2018 yil 3 yanvar sanasidan kafedraning nomi “Rentgenologiya,ultratovush, funksional va laborator diagnostika” deb yuritila boshladi.
2018 yil 13 noyabr sanasidan kafedraning nomi “Tibbiy radiologiya va onkologiya” deb yuritila boshladi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
- Ultratovush tekshiruv (birlamchi ixtisoslashtirish)
- Ultratovush tekshiruv (malaka oshirish)
III. Rentgenologiya (birlamchi ixtisoslashtirish)
- Rentgenologiya (malaka oshirish)
- Klinik-laborator diagnostika (birlamchi ixtisoslashtirish)
VII. Klinik-laborator diagnostika (malaka oshirish)
VIII. Sanitar-gigiena (malaka oshirish)
- Epidemiologiya (malaka oshirish)
Hozirda tibbiy radiologiya va klinik-laborator diagnostika, sanitar-gigiena, epidemiologiya kafedrasi kafedrasida 4 ta fan nomzodlari va 6 ta assistent-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
BUGUNGI KUNDA TIBBIY RADIOLOGIYA VA KLINIK-LABORATOR DIAGNOSTIKA, SANITAR-GIGIENA, EPIDEMIOLOGIYA KAFEDRASI
JAMOASI:
Nadjmitdinov Otabek Bahritdin o’g’li
Kafedra mudiri, PhD. 1990 y. Andijon viloyati, Andijon shahar tug’ilgan. 2015 yili ADTIni tamomlagan. 2021 yili nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezis, 1 ta o’quv-uslubiy tavsiyanoma, 2 ta guvohnoma, 2 ta amaliyotga tadbiqlar muallifi.
|
Sabirov Akrom Akbaralievich
Kafedra assistenti , t.f.n. 1964 yil 30 aprel sanasida Andijon shahrida tavallud topgan. 1987 yili ADTIni tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. |
Madumarova Zarnigor Shuxratovna
assistent, kafedra davolash ishlari bo’yicha ma’sul 1990 yil Andijon viloyati, Andijon shaxrida tug’ilgan. 2013 yili ADTI, davolash fakultetini tamomlagan. 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta patent, 15 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tadbiq etilgan ishlar. |
Umrzakov Akmal Israilovich
assistent 1974 yil Andijon viloyati, Andijon shaxrida tug’ilgan. 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 3 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tadbiq etilgan ishlar muallifi. |
Qambarova Dildora Noxidovna
assistent, kafedra ma’naviyat ishlari bo’yicha ma’sul
1990-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 2013-yil ADTI davolash fakultetini tamomlagan.
|
Abduvorisov Elmurod Dilmurodovich
assistent 1970-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 1997-yili ADTI davolash fakultetini tamomlagan |
Nabiyev Rustamjon Ravshanjonovich
kabinet mudiri 1990-yilda Andijon shaxrida tug’ilgan. |