alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY ZAKOVAT TURNIRINING FINAL BOSQICHI BO’LIB O’TDI

14:05 26.01.2023

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 85 yilligi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti «Zakovat» intellektual klubi tashkil etilganligining 1 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o’rtasida Tibbiy zakovat boʻyicha yakka tartibda turnir tashkil etildi. Turnir 2 bosqichda, ya’ni saralash hamda final bosqichidan iborat boʻldi. Onlayn tarzda tashkil etilgan saralash bosqichi davomida talabalarga 24 ta tibbiyotga aloqador qiziqarli va mantiqiy savollar berildi. Unda berilgan barcha savollarga talabalar tomonidan 600 ga yaqin javoblar yuborildi. Yakunda 24 nafar talaba turnirining final bosqichiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritdi.

Turnirning institut ilmiy kengashlar zalida o’tkazilgan final bosqichi guruh, yarim final hamda final oʻyinlaridan iborat boʻldi. Har bir oʻyinda ishtirokchilarga 8 tadan, umumiy hisobda  24 ta tibbiyotga aloqador qiziqarli va mantiqiy savollar berildi. Final bosqichi institutning «Zakovat» intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borildi.

 

Yakunda quyidagi 3 bilimdon talabalar Tibbiy zakovat turnirining gʻoliblari bo’ldilar. Ular institut rahbariyati tomonidan quyidagicha:

  1. Azamatjon Shokirov – Farmatsiya ishi yoʻnalishi 501-guruh talabasi – bazaviy stipendiyaning 3 barobar miqdori;
  2. Bexruzbek Maxsudov – Davolash ishi yoʻnalishi 543-guruh talabasi – bazaviy stipendiyaning 2 barobar miqdori;
  3. Fazliddin Rayimjonov – Davolash ishi yoʻnalishi 473-guruh talabasi – bazaviy stipendiyaning 1 barobar miqdoridagi pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!