Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

     Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu galgi bayram ham yurtimizda  o‘zgacha tantana qilindi. Ana shu  bayram munosabati bilan Andijon shahridagi “Toshkent premium” tantanalar saroyida tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbirida viloyatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan sharafli kasb egalari ishtirok etdilar.

     Tantanali kechada viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqib, barcha  tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan qizg‘in tabrikladi va ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

     Shu kuni   tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i  K. Mirzaev, VMO va QT fakulteti pediatriya, neonatologiya, bolalar kardiologiyasi va revmatologiya kafedrasi mudiri H.Xudoyberdievalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

    ADTI  fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri B.Inakova, VMO va QT fakulteti dekani H.Tursunov hamda  2-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti O.Yuldashevalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ADTI davolash ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov va Travmatologiya, ortopediya,neyroxirurgiya va onkologiya kafedrasi dotsenti K.Mamajonovlarga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari topshirildi.

    Bayram tadbiri san’atkorlar ijrosidagi dilrabo kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar bilan yanada fayzli va maroqli o‘tdi.

170