alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tibbiyot xodimlariga to‘lanmagan qo‘shimcha pullar undirildi

14:04 08.09.2020

Koronavirus pandemiyasi davrida qator soha xodimlari salomatligi va hayotini xavf ostiga qo‘ysada, kasallanganlarni davolash, karantinda saqlanayotganlarga xizmat ko‘rsatish, umuman, faoliyati bilan bog‘liq ishlarni sidqidildan bajarib, kasallik yuqishi va tarqalishining oldini olish ishlarida faol ishtirok etdi.
Bu borada, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining xizmati nihoyatda katta bo‘ldi.
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq sog‘liq uchun xavfli va mehnat sharoitlari og‘ir bo‘lgan davrda ish olib borgan tizimdagi belgilangan yo‘nalishlar xodimlarining lavozim maoshiga 15 foiz miqdorda qo‘shimcha haq berilishi ko‘zda tutilgan, – deydi Buloqboshi tumani adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.Juliyev. – SHunga qaramasdan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan bir qator xodimlarga qo‘shimcha pullar o‘z vaqtida to‘lanmagan.
Tibbiyot birlashmasi xodimlarining bu boradagi murojaati tuman adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi, muammo qonuniy tarzda hal etildi.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida tuman tibbiyot birlashmasining 6 nafar xodimiga qo‘shimcha haq to‘lab berilmaganligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tuman Adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudiga tibbiyot xodimlariga belgilangan tartibda qo‘shimcha pullar to‘lab berilishi yuzasidan ariza kiritildi. Sud buyrug‘iga asosan, tibbiyot xodimlariga jami 15 million 772 ming so‘m miqdoridagi to‘lanmagan ustama haq undirib beriladigan bo‘ldi.
– Adliya bo‘limi ko‘magi bilan oylik maoshimga qo‘shiladigan, lekin to‘lanmagan 2 million 563 ming 167 so‘m miqdordagi qo‘shimcha pulni oladigan bo‘ldim, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi akusher-ginekologi Manzuraxon Mamajonova. – Qonun ustuvorligi, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishda faol bo‘layotgan adliya bo‘limi xodimlaridan minnatdorman.

F.UBAYDULLAYEV, O‘zA

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!