alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH” MAVZUSIDA TALABA-QIZLAR UCHUN MOTIVATSION TRENING O‘TKAZILDI

16:13 23.04.2024

Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Shveysariya davlatidagi ELZA instituti bosh direktori, “Light for sight” jamg‘armasi a’zosi,  Toshkentdagi MESCA (Markaziy Osiyodagi Tibbiy Mahorat va Ilm-fan fondi) Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafezi tomonidan institutning Pediatriya va Xalqaro fakulteti talaba-qizlari uchun motivatsion trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Nikki Hafezi 2015-yil aprel oyida “The Oftalmologist” xalqaro jurnali o‘quvchilari tomonidan e’tirof etilib “40 yoshgacha bo‘lgan 40 talik”, jahon oftalmologiyasining eng istiqbolli yangi shaxslari qatoridan o‘rin olgan. U Yevropa va Shimoliy Amerikadagi akademik muassasalar, kompaniyalar va notijorat tashkilotlari uchun tibbiyot sohasida strategik boshqaruv bo’yicha maslahatlar berib keladi.

Institutda “Tibbiyotda tadbirkorlikni rivojlantirish” mavzusida tashkil qilingan treningda ham Nikki Hafezi talabalarga o‘zining hayotiy tajribalari, faoliyatidagi qiyinchiliklar va ularning yechimi haqida batafsil ma’lumot berdi. Ayollarning kasbiy rivojlanishi hamda oilasiga o‘z vaqtida e’tibor bera olishi uchun muhim bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Doun sindromi haqida tushunchalar berildi. Ushbu sindrom bilan tug‘ilgan “Quyoshli bolalar” da ko‘zning shox pardasi kasalliklarini barvaqt tashxislash va davolash muhimligi haqida aytib o‘tildi.  Ushbu sohada olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ixtirolar va yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

Tadbir yakunida Nikki Hafeziga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!