alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARIGA INNOVATSION YONDASHUV – 2022” MAVZUSIDA RESPUBLIKA VA XALQARO YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BOʻLIB OʻTDI

19:55 12.05.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv – 2022” mavzusida Respublika va xalqaro yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi onlayn va oflayn tarzda oʻtkazildi.  Unda respublikamizning barcha tibbiy oliy taʼlim  hamda tibbiyot muassasalarining talabalari va yosh olimlari ishtirok etdi.

Konferensiyani institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori K.Salohiddinov hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov ochib berdi va bugungi kunda izlanuvchan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilib, turli loyihalar va eng yaxshi ishlanmalari uchun xatto pul mukofotlari bilan taqdirlanayotganini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, anjumanda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pulmonologiya boʻlimining yetakchi ilmiy xodimlari ham ishtirok etdi.

Yosh olimlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida maʼruza qildilar.

Anjumanga ichki kasalliklar, jarrohlik, akusherlik-ginekologiya va pediatriya, mediko-biologik, stomatologiya, farmatsiya va farmakologiya fanlari yoʻnalishlari boʻyicha 60 ta maʼruza, 300 dan ziyod tezislar kelgan boʻlib, barcha tezislar toʻplam va elektron toʻplam shaklida chop etildi. 2 ta seksiyada olib borilgan bugungi anjumanda esa 56 ta maʼruzalar tinglandi.

Maʼruzalarning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, qoʻllanilgan usullar, olingan natijalar, muxokama, xulosalarga asosan maxsus hayʼat tomonidan munosib baholandi.

Yakuniy natijalarga koʻra, I-darajali diplom bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi M.Akbarova «Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan qandli diabet kuzatilgan bemorlarda biomarkerlarning klinik ahamiyati» maʼruzasi uchun, II-darajali diplom bilan Davolash fakultetini 4-bosqich talabasi G.Abduqodirova “Tuberkulyozni koronavirus infeksiyadan keyin kechadigan klinik formasi” maʼruzasi uchun, III-darajali diplom bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakultetining 3-bosqich talabasi F.Ashurboyev “COVID-19 pandemiyasida bolalar va oʻsmirlarning kun tartibi hamda salomatlik holati” maʼruzasi uchun taqdirlandi.

Shuningdek konferensiya davomida “Eng yaxshi notiq”, Eng yaxshi innovatsion gʻoya”, “Eng yaxshi dolzarb mavzu”, “Eng yaxshi maʼruza”, Eng naʼmunali taqdimot”, “Eng yaxshi farmatsevtik loyiha”, “Eng yaxshi farmakologik loyiha” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!