Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy -tibbiyot fakultetiga tanlov asosida kursantlarni qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil  20-fevral kuni ADTI 1-ma’ruzalar zalida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi  harbiy tibbiyot fakulteti rahbari, tibbiyot xizmati polkovnigi Jahongir Ro‘zievich Sabirovning davolash fakulteti 4-5 – bosqich talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv TTA huzuridagi harbiy tibbiyot fakultetiga tanlov asosida kursantlarni qabul qilish mavzusida bo‘ldi. Targ‘ibot uchrashuvida polkovnik J.Sobirov fakultetning asosiy  maqsad va vazifalari, harbiy vrachlar tanlash kurslari kursantlarini tanlab olish tartib qoidalari, nomzodlarni tanlab olishga qo‘yiladigan asosiy talablar va kursantlarga beriladigan imtiyozlar haqida gapirib berdi. Suhbat davomida institut talabalariga  yuqori malakali, salohiyatli harbiy vrach  hamda leytenant unvonini beruvchi mazkur fakultet hayoti haqidagi videorolik  namoyish etildi.

Uchrashuv chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Targ‘ibot tadbirlarida ADTI harbiy kafedrasi  o‘quv bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A. Soliev, harbiy tayyorgarlik fani  o‘qituvchisi, mayor M.O‘lmasovlar ishtirok etdilar.   

246