alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TUMANDAGI XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA DAVLAT SIYOSATI MAVZUSIDA DARS MASHG‘ULOTLARI OLIB BORILDI

12:42 28.04.2022

O‘zbekiston Respublika mahallalar xotin-qizlar faollari uchun 2022-yilning 25-30-aprel kunlari 3-bosqichli maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish o‘quv rejasi tasdiqlangan.

Ushbu o‘quv kurslari 26-27-aprel kunlari Qo‘rg‘ontepa tumani mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘tkazildi.

O‘quv kurslaridan ko‘zlangan maqsad mahalla xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlarning ushbu ish faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan vazifalarga talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘quv-kurslari Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi E.Nabijonov hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusher-ginekologiya, neonatologiya, endokrinologiya kafedrasi dotsenti D.Ergashbaeva  tumandagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!