alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TYUTORLAR BILAN NAVBATDAGI MULOQOT OʻTKAZILDI

18:53 04.02.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida tyutorlarning faoliyatiga hali uncha koʻp vaqt boʻlmasa-da, ular talabalar bilan chin maʼnoda yaqin insonga aylanib qoldilar. Talabalarning iqtidorini shakllantirishda, kamchilik va muammolarini bartaraf etishda ularning oʻrni beqiyos.

Ilmiy kengashlar zalida tyutorlar bilan muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov olib bordi. Suhbat davomida tyutorlarning faoliyati, ish rejalari, meʼyoriy xujjatlarni yuritish, talabalar bilan ishlash, ularning xolidan xabar olish borasida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, yangi haftadan oʻqish jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkazilishi, darslarda talabalarning faolligi, talabalar turar joyi va ijarada yashaydigan yoshlar bilan muloqot olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!