alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UCH АVLOD UCHRАSHUVI

05:53 10.04.2021

Аndijon shahridagi harbiy qismda Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda institutimizning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov, Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasining tarix fani oʼqituvchilari, Pediatriya fakultetining 1-bosqich talabalari ham ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida harbiy qism ofitser, komiandirlari tomonidan talabalarimizga harbiy qismda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdilar.

Tadbir davomida esa Ikkinchi jahon urushida front va front ortida mardonavor mehnat qilgan, faxriy ustozlar ham soʼzga chiqib, urushning ayanchli kunlari, zaxmatli mehnatlari toʼgʼrisida gapirdilar, endi esa tinchlik va xotirjamlikda farovon yurtda yashayotganimizdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Harbiy qism ofittserlari jangovor shaylikni oshirishda “Temur tuzuklari” asari katta bir dasturiamal boʼlayotganini taʼkidlab oʼtdilar.

Tadbir davomida Sohibqironning gʼolibona yurishlari sahnalashtirilgan asar namoyish etildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!