alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UKRAINA OTMLARI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻTKAZILDI

19:32 13.12.2021

UKRAINA OTMLARI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻTKAZILDI

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiyot sohasida zamon talabiga mos malakali kadrlarni yetishtirishda nufuzli xalqaro tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni keng yoʻlga qoʻygan. Oʻtkazilayotgan turli onlayn maʼruzalar, seminar-treninglarda talabalar chet ellik tajribali mutaxassislardan bilim olmoqdalar.

1-UASHT kafedrasi tomonidan Xarkov milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Unda shuningdek, Ukraina davlatining Kiev, Odessa, Vinnitsa, Lvov, Poltava, Xarkov, Zaparojya universitetlaridan maʼruzachilar ishtirok etdi.

Anjuman avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor K.Salohiddinov soʻz olib, institutimizning professor-oʻqituvchilari qatorida xorijdagi oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarining tajriba va koʻnikmalari malakali shifokor boʻlishlarida as qotishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Anjumanda Andijon davlat tibbiyot institutidan S.Djumabayeva, G.Nazarova, Sh.Alibekov ham oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!