alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon..”

17:16 10.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot insitutida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon..” deb nomlagan tadbir o‘tkazildi.
Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori v.v.b. A.Abduxalimov bayram kechasini ochib berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi 1992-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlanganligi haqida to‘htalib o‘tdi.

Bayram tadbirida so‘z olgan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov davlatimiz madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi, Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari jo‘rovozligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangladi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqan o‘zbek tli va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Qo‘ziboyeva, ijitimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Xojimurodovalar madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.


Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olamiz. Qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat’iy ishonch tuyg‘usi jo‘sh uradi.

E’tirof etish kerakki, “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon..” deb nomlagan tadbirning har bir ishtirokchisi yuz-ko‘zida anashu fikrlar aks etdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!