alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Umumiy gigiena kafedrasi

Kafedra mudiri, t.f.n., dotsent Saliyeva Mаnzura Xabibovnа
Ish vaqti: 8.00 – 17.00. +998 91 612- 65-02
adtiumumiygigiyena@umail.uz

 

UMUMIY GIGIYENA KAFEDRASI 1958 – YILNING SENTABR OYIDA TASHKIL ETILGAN.

Birinchi kafedra mudiri: ADTI rektori, t.f.d., professor U. A. Alimov (1910-1964-y.) bo’lgan.1963- yilning may oyidan 1981- yilning avgust oyigacha kafedraga ADTI rektori, t.f.n., professor Y.A.Atabekov rahbarlik qilgan. Professor Y.A. Atabekov respublikada va sobiq ittifoq miqyosida tanilgan olim, sog’liqni saqlash xalq komissari, Toshkent shahar sog’liqni saqlash bo’limini mudiri, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini kafedra mudiri, sharq tabobatini asoschisi. Professor Y.A.Atabekov Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi ko’p tarmoqli klinikani qurdirib, ishga tushirib, ilm shifo maskaniga aylantirdi, pediatriya va vrachlar malakasini oshirish fakultetlarini tashkil etdi. Jahonga mashhur olim Abu Ali Ibn Sino byustini yaratish ishchi guruhi rahbari sifatida tanilgan va o’zidan keyin ko’pdan ko’p shogirdlar qoldirgan ustoz bo’ladi. Professor Y.A.Atabekov rahbarligida ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil qilish sohasi mutaxassislari tayyorlandi: M.A.Ataxanov, A.X.Xodjakov, N.V.Jukovskaya-Jdanova, M.M. Omerov, M.X. Salieva, K.M.Jalolova, A.N.Mamatoxunova va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Ya`ni 11 ta nomzodlik va bitta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi: dotsent M.A.Aripov, dotsent M.A.Ataxanov, dotsent N.V. Jukovskaya, t.f.n. A.X.Xodjakov, professor M.M.Omerov, dotsent M.X.Salieva, dotsent K.M. Djalalova, dotsent A.N. Mamatoxunova. Professor Y.A.Atabekov ko’pdan – ko’p orden va medallarga sazovor bo’ldi, sog’liqni saqlash tizimi a`lochisi, Qo’qon shahrida tavallud topib ulg`aygan. 1960- yilda ijtimoiy gigiyena va Sog’liqni saqlashni tashkil qilish kafedrasida faqat 2 nafar assistent, 1965- yilda 5 kishi, ulardan 2 tasi dotsent, 1980 – yilda esa 2 ta dotsent va 7 ta assistent ishlagan. 1981-1985- yillari kafedra mudiri bo’lib t.f.n., dotsent M.A.Aripov (1925-1997-y.) ishlagan. Dotsent M.A.Aripov 100 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 ta ratsionalizatorlik takliflar muallifi. 1986 – 1991- yillari kafedrani t.f.d., professor D.G. Rozin boshqargan. Professor D.G. Rozin rahbarligida dotsent S.M.Babich, M.M.Mirmuminov, Z.A.Turakulov nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaganlar. 1991-1998-y. kafedra mudiri – t.f.n., dotsent O.N.Mamatoxunova. Dotsent O.N.Mamatoxunova 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Umumiy gigiyena kafedrasi 1958- yili sentabr oyida tashkil etilgan. Birinchi kafedra mudiri – t.f.n., dotsent A.R.Roziqov bo’lgan (1928-1993). Dotsent A.R.Roziqov 1983- yilgacha kafedra mudiri bo’lib ishladi. 1964-1970- yillarda ADTI davolash fakulteti dekani vazifasini bajardi. Dotsent A.R.Roziqov 100 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta ratsionalizatorlik takliflar muallifi. 1983- yildan 1998- yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent S.X.Madaminov boshqardi. Dotsent S.X.Madaminov 230 dan ilmiy ishlar muallifi. Kafedrada quyidagi katta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib o’tishgan: M.S.Soatov, U.S.Sotvoldiev, R.I. Mirzaeva. 1999 – yili umumiy va ijtimoiy gigiyena kafedra birlashtirilib umumiy va ijtimoiy gigiyena, sog’liqni saqlash tizimini boshqarish deb nomlandi. 1999 – yildandan 2002 – yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.Z.Nizomov (1944-2002) boshqardi. Shu yili umumiy va ijtimoiy gigiyena, SSB kafedrasi birlashtirildi. Dotsent M.Z.Nizomov 1985 – yildan 2002 – yilgacha internatura va ishlab chiqarish amaliyoti dekani, 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Kafedrada quyidagi o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib o’tishgan: S.T.Nosirov, M.N.Nizomov, M.M.Dadaboev. 2002-2003- yy. kafedra mudiri lavozimida dotsent O.N.Mamatoxunova (1944-2014) ishladi. 2004- yildan 2007- yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.T.Butaboev boshqardi. Dotsent M.T.Butaboev 42 ta ilmiy maqola va tezis, 4 ta uslubiy qo’llanmalar va to’plamlar, 5 ta ratsionalizatorlik taklif muallifidir. 2007-2012 – yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent M.X.Salieva boshqarib kelgan. Dotsent M.X.Salieva 400 dan ortiq ilmiy ishlar, 60 tadan ortiq ratsionalizatorlik takliflar muallifidir. 2012-2016 -yilgacha kafedrani t.f.n., dotsent S.M. Babich boshqarib kelgan. Dotsent S.M. Babich 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 30 tadan ortiq ratsionalizatorlik taklifi muallifidir. 2016-2017- yilgacha kafedrani katta o’qituvchi Q.M.Yusupov boshqarib kelgan. Hozirgi kunda kafеdraga dotsent Saliyeva Mаnzura Xabibovnа rahbarlik qilib kеlmoqda. Quyidagi professor – o’qituvchilar umumiy gigiyena kafedrasida ish boshlab hozirgi kunda institutda va boshqa tibbiy muassasalarda faoliyatini davom ettirishmoqda: ADTI biologiya kafedrasi prof. M.R.Mamadiev, dots. T.Saydullaev, oftalmologiya kafedra mudiri prof. A.F.Ikromov, VMOF terapiya kafedrasi dots. M.N.Nasirov, uzoq yillar ADTI moliya va iqtisodiyot ishlari prorektori, hozirda marketing bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan A.SH.Ziyayev, L.D.Siddiqova, S.T.Nosirov, J.T.Raximov, S.K.Turayev, R.Raximov, R.S.Xodjimatov, Z.Xoshimova, N.Isabaeva, D.K.Baltabaeva, G.A.Azimova, S.Ergashboeva, dotsent A.A. Abdufattaev, Abdupattaeva K.O., R.A.Minavarov. Kafedrada 2007-2009- yillari Prezident farmoniga binoan Farg’ona vodiysi tibbiy muassasalar boshliqlari va ularning o’rinbosarlari “Tibbiy muassasalar menejmenti” bo’yicha malakasini oshirdilar. Hozirgi kunda kafedrada quyidagi pedagoglar faoliyat ko’rsatishmoqda: katta o`qituvchilar: Q.M.Yusupov, S.S.Xolmirzayeva, M.M.Mirzayeva, G.K.Usmanova; assistentlar: A.SH.Ziyayev, A.A.Minavarov, M.R.Umrzaqova.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!