alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

URAL DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI PROFESSORI BILAN HAMKORLIKLAR MASALASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

11:05 31.05.2023

Bugun, 31-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov hamda Ural davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasining mudiri, t.f.d., professor Levchuk Larisa Vasilevna ishtirokida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Professor institutga joriy yilning 30-may kuni o‘tkazilgan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida xalqaro qatnashchilar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida tashrif buyurgan bo‘lib, u mazkur anjumanda o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, bugungi uchrashuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida shartnomalar tuzish hamda hamkorlik masalalarida suhbat o‘tkazilib, kelajakdagi rejalar belgilab olindi.

Yakunda mehmonga institut nomidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!