alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ustozim, sizga ta’zim!

10:09 29.09.2020

Biz bolalikdagi orzularimizni ro‘yobga chiqarish uchun – shifokorlik kasbini egallash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga qadam qo‘yganmiz. Tibbiyot institutida inson salomatligini saqlash, bemorlar dardiga davo bo‘lish sirlarini o‘rgatish bilan birga ijtimoiy fanlar, jumladan, bemor qalbiga yo‘l topishga ko‘mak beruvchi o‘zbek tili fanidan ham saboqlar beriladi.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, ustozimiz Mahfuzaxon Qo‘ziboyevaning darslari juda qiziqarli bo‘lganidan darsdan chiqishga qo‘ng‘iroq bo‘lganini ham sezmay qolamiz. Dars jarayonida ustozimiz tomonidan aytilgan she’rlar, maqollar, so‘z o‘yinlari, ibratli hikmatlar o‘zbek tiliga bo‘lgan mehrimizni yanada oshiradi.
Ustozimizning maslahatlari bilan ko‘pgina kursdoshlarimiz turli mavzulardagi insholar tanlovlari, til bayramlarida ishtirok etishib g‘oliblar qatoridan joy olishmoqda.
1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlarimizni, jumladan, O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi o‘qituvchilarini, kafedra mudiri, ustozimiz Mahfuzaxon Qo‘ziboyevani chin dildan tabirklaymiz.
Ustozlarimiz hamisha sog‘-salomat bo‘lishsin, yuzlaridan kulgu arimasin!

Ayubxon Valiyev,

ADTI Davolash fakulteti 2-kurs talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!