Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, ilmga chanqoq talabalar!
Barchangizni xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbdan qutlayman!
Avvalambor shu kunlarga yetkazganiga shukur. Bu kunda barcha dindoshlarimiz qo‘llarini duoga ochib, qalblaridagi eng ezgu niyyatlarini tilab, vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalar aytadilar.
Tilagimiz ushbu kunda barcha mo‘min-musulmonlarning duolari ijobatini berib, yurtimiz va xonadonlarimizni qut-baraka tark etmasin. Bir birimizga bo‘lgan mehr, oqibatlarimiz yo‘qolmasin.
Barchangizni hayot, ijod va ilmiy faoliyatlaringizda omad hamda zafarlar yor bo‘lib, ilmingiz hamisha ziyoda bo‘lsin.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!
Madaminjon Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori