alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA XORIJLIK MUTAXASSISLAR MAHORAT DARSLARI O‘TKAZADI

16:18 26.06.2024

Bugun, 26-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Koreya milliy transport universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan Janubiy Koreyadan professor Kim boshchiligidagi delegatsiya hamda 6 nafar talaba akademik va talabalar mobilligi doirasida yetib keldi.

Mazkur tashrif doirasida talaba-yoshlar va tibbiyot mutaxassislari, shuningdek, Andijon shahri aholisi uchun  “Birinchi tezkor tibbiy yordam” mavzusida (yurak-o‘pka reanimatsiyasi) – nafas olish va yurak faoliyati to‘xtab qolgan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari va mahorat saboqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mehmonlar bilan institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov uchrashdi hamda treninglarni tashkil etish yuzasidan suhbat o‘tkazdi. Unga ko‘ra, mehmonlar institutning simulyatsiya markazi, Andijon shahrining gavjum va aholi zich joylashgan hududlarida mahorat darslarini o‘tkazishi belgilab olindi.

Shundan so‘ng, mehmonlar institutning yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosi bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!